1. Don jamoa va davlat xujaliklaridan kabul kilish
Don jamoa va davlat xujaliklaridan kabul kilish
Download 42.47 Kb.
|
Don va don maxsulotlarini kabul kilish, joylashtirish va saklashning texnologik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kabul kilingan don ustida olib boriladigan xisoblar
1. Don jamoa va davlat xujaliklaridan kabul kilish.
Yangi xosil kabul kilishdan oldin donni kabul kilish, ishlov berish va saklashning texnologik sxemasi aniklanadi. Bosh muxandis va don saklash xujaligining mudiri bilan birgalikda ICHTL boshligi kabul kompaniyasi davrida donni kabul kilish, ishlov berish va joylashtirish rejasini tuzishadi. Don partiyalari ekin turi va tiplari buyicha tuziladi; bir ekinga tegishli donlar esa kichik tip va sinflarga bulinadi. Bugdoy don partiyalari tuzilganda esa kuchli va kimmatli navlar aloxida ajratiladi. Barcha ekin don partiyalari namlik va ifloslik xolati buyicha shakllanadi. Bunda kuruk (W<14), urta kuruk (W= 14,5-15%) aloxida bir partiya kilib tuziladi. Shuningdek, nam don (W= 15,5-17 %) aloxida, xul don (W= 17-22 %) aloxida partiya kilib, uta xul don (W>22 %) aloxida ajratib olinadi. Shu bilan birga don partiyalari ifloslanganlik buyicha xam ajratiladi. Bunda toza don-ifloslantiruvchi aralashmalar mikdori 1 % gacha , urta toza don- ifloslantiruvchi aralashmalar mikdori 1-3 %, iflos don-ifloslantiruvchi aralashmalar mikdori 3 % dan yukori bulgan xolatlar uchun kayd kilinishi kerak. Kuruk, urta kuruk, toza va urta toza don partiyalari ishlov berilmasdan saklashga yuboriladi. Kolgan don partiyalari esa tozalanib, kuritilib, sung saklashga yuboriladi. Don partiyalarini tugri shakllantirish va yukori texnologik xususiyatlarga ega bulgan donlarni ajratib olish maksadida xosil daladalik vaktida oldindan tekshirib utkaziladi. Bunda komissiya tuzilib, komissiya tarkibiga laboratoriya vakili xam kiritiladi. Kattik va kuchli bugdoy donidan 1 kg mikdorda urta namuna olinib laboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi. 2. Kabul kilingan don ustida olib boriladigan xisoblar Jamoa va davlat xujaliklaridan davlatga kabul kilingan don ustida xisob yuritilganda bazis va cheklangan konditsiyalar, shuningdek sotib olish narxi xisobga olinadi. Bazis konditsiyasi - donning jamoa va davlat xujaliklari tomonidan topshirilayotgandagi sifat darajasi, kaysiki unga sotib olish narxi boglab xisoblanadi. Cheklangan konditsiya - donni davlatga sotishda yul kuyiladigan eng kuyi sifat normasi. Agar donning sifat kursatkichlari chegaraviy konditsiyadan past bulsa, bunday don partiyalari DKKK ga kabul kilinmaydi. Kabul kilingan don sifati bazis kursatkichlariga tugri kelsa, korxona don topshiruvchiga kg ni kg ga xisoblab sotib olish narxida pul tulaydi. Agar don massasining namlik va iflosligi buyicha sifat kursatkichlari bazis konditsiyasidan fark kilsa, unda natural kushimcha va chegirish mikdorlari kiritiladi. Boshka sifat kursatkichlari bazis konditsiyasidan fark kilganda pullik kushimcha va chegirish mikdorlari kiritiladi. Donning xisobga olingan massasi (zachetnaya massa) deb natural kushimcha yoki chegirish mikdoriga oshirilgan yoki kamaytirilgan fizikaviy massaga aytiladi. Download 42.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling