1. Don tayyorlash partiyasini tuzishning asosiy qoidalari. Don tayyorlash partiyasini tuzishning usullari. Mavzuga oid amaliy misollar
Download 51.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy
3-amaliy Pomol partiyasini tuzish. Reja 1. Don tayyorlash partiyasini tuzishning asosiy qoidalari . 2. Don tayyorlash partiyasini tuzishning usullari. 3.Mavzuga oid amaliy misollar. Tegirmonlarga kelib tushayotgan bug'doyning texnologik xususiyatlari uning turi, navi, yetishtirilgan rayonning (joyning) iqlim va tuproq sharoitlari bilan belgilanadi. Don partiyalarining turli sifatligi uiarga qayta ishlov berish jarayonining samaradorligini pasaytiradi va murakkablashtiradi. Texnologik sistemaning ish rejimini qayta tashkil etishni talab etadi hamda turli sifat ko'rsatkichlarga ega bo'lgan unlar ishlab chiqarishiga olib keladi. Shuning uchun zavodni 10 ... 15 kecha-kunduz davomida bir xil, muvozanatli don tarkibi bilan ta'minlovchi "pomol" partiyalari shakllantiriladi. Don tayyorlash partiyasini tuzish un zavodida TKNB ning muhim ishlab chiqarish vazifalaridan biridir. Don tayyorlash partiyasini to'g'ri tuzish don zaxiralarini korxona va davlatda iqtisodiy va ratsional holatda aniq ishlatishga olib keladi. Don tayyorlash partiyasini sifatli olib borish, asosan, turli sifat ko'rsatkichga ega bo'lgan donlarni omborxonalarda to'g'ri joylashtirilganligiga bog'liq. Odatda, bir xil partiyali donlar o'zaro yaqin texnologik xususiyatga ega bo'lgan donlardan aralashtirib tuziladi. Buning uchun muhim bo'lgan tayyorlov jarayonini to'g'ri tashkil etish yuqori sifatli donlarni tejash va past sifatli donlarni ketma-ket ishlatish bilan donlardan unumli foydalanishga olib keladi. "Pomol" partiyalari tarkibini hisoblash navlarning % miqdori, komponentlarning massalari, "pomol" partiyasining sifat ko'rsatkichi zavodlarning ishlab chiqarish quwatidan, maydalash turidan, donning va tayyor mahsulotning sifatidan kelib chiqadi. "Pomol" partiyalari turli tipli, turli rayonlarda yetishtirilgan, yangi va eski xususiyatli past va me'yoriy sifatga ega bo'lgan donlarni aralashtirish bilan tuziladi. Komponentlar shunday tan-lanadiki, bunda dondan un olishning va unning mahsuldorlik xususiyatlarining yuqori bo'lishini ta'minlash zarur. -Donlar quyidagi sifat ko'rsatkichlar hisobiga olingan holda aralashtiriladi: shaffofligi, kleykovinasi, kul moddasi miqdori, namligi va ifloslanganlik darajasi. Turli namlikka ega bo'lgan donlarni aralashtirilishda namliklar farqi 5 % dan oshmasligi kerak. Yuqori va past kuldorlikka ega bo'lgan donlar aralashtirilganda hosil bo'lgan aralashmaning kul moddasi 1,97 % dan oshmasligi kerak. "Pomol" partiyalarining o'rtacha shafofligi 50 - 60 % bo'lishini hisobga olib, shaffoflikka ega bo'lgan donlar aralashtiriladi. Asosiy e'tiborni ta'minlab berishga qaratish lozim, chunki ishlab chiqarilayotgan un ana shu xususiyati bilan tavsiftanadi. Navli un tarkibida kleykovina miqdori 25 % dan kam bo'lmasligi, sifati II sinfdan past bo'lmasligi; chiqindilar miqdori 2 % dan oshmasligi, donli chiqindilar 5 % dan oshmasligi talab etiladi. Don tayyorlash partiyasini tuzish un zavodida TKNB ning muhim ishlab chiqarish vazifalaridan biridir. Don tayyorlash partiyasini to'g'ri tuzish don zaxiralarini korxona va davlatda iqtisodiy va ratsional holatda aniq ishlatishga olib keladi. Don tayyorlash partiyasini sifatli olib borish, asosan, turli sifat ko'rsatkichga ega bo'lgan donlarni omborxonalarda to'g'ri joylashtirilganligiga bog'liq. Odatda, bir xil partiyali donlar o'zaro yaqin texnologik xususiyatga ega bo'lgan donlardan aralashtirib tuziladi. Misol. O'rtacha shaffofligi 55 % bug'doy donidan navli un olish uchun ikki komponentdan birining o'rtacha shaffofligi 71 va ikkinchisiniki esa 43 %, ularning kleykovinalari nisbati 27 va 24 % bo'lgan don partiyasidan massasi 1000 t (100 %) ga teng bo'lgan "pomol" partiyasi tuzish talab etiladi. Shunda 100x(55-43) M1=-------------------------=42,86% 71-43 m2 -100-42,86 = 57,14% m1= 43 %, m2 - 57 % deb qabul qilamiz, unda har bir komponentning massasi mx = 430 tn; m2 = 570 tn ni tashkil qiladi. Shaffoffikning o'rtacha ifodasini С va kleykovina miqdori-ni К (%) bilan belgilab hisoblarning to'g'riligini aniqlaymiz: 43x71+57x43 43x27+57x24 C=--------------------------=55% K=----------------------------=25,3% 100 100 Teskari proporsiya tuzish usuli. Bu usulda "pomol" parti-yasidagi har bir komponentning ko'rsatkichlari bilan shu partiya uchun belgilangan o'rtacha ko'rsatkich qiymatlari orasidagi farq munosabati bilan teskari proporsiyalar tuziladi. "Pomol" partiya hisobining to'g'riligini baholashda uning shaffofligi va kleykovina miqdori aniqlanadi. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling