1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Falsafiy bilimlarning predmetlari


Download 328.62 Kb.
bet13/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

Falsafiy bilimlarning predmetlari
bo’yicha tuzilishi



Bunda 1) Koinot va tabiatni anglab etish bo’yicha– ontologiya,tabiat falsafasi, taraqqiyot nazariyasi;
2) jamiyat va uning tarixini bilish bo’yicha – sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, aktsiologiya;
3) insonni o’rganish bo’yicha – falsafiy antropologiya, antroposofiya;
4) ma’naviy jarayonlar bo’yichagnoseologiya, mantiq, etika, estetika, din falsafasi, huquq falsafasi, falsafa tarixi, axborotning falsafiy masalalari va boshqa shu kabi falsafiy bilim shakllari ko’payib bormoqda.
Mazkur falsafiy bilimlarning predmetlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • ontologiya – borliq qonunlari to’g’risidagi ta’limot;

  • naturfalsafa –tabiat to’g’risida falsafiy ta’limot;

  • teologiya – xudo to’g’risidagi ta’limot;

  • falsafiy antropologiya – inson to’g’risidagi ta’limot;

  • ijtimoiy falsafa – jamiyat rivojlanishi to’g’risidagi ta’limot;

  • gnoseologiya yoki epistemologiya – bilish to’g’risidagi ta’limot;

  • etika – axloq va odob to’g’risidagi ta’limot;

  • logika – tafakkur qonunlari to’g’risidagi ta’limot;

  • estetika – go’zallik qonunlari to’g’risidagi ta’limot;

  • aktsiologiya – qadriyatlari to’g’risidagi ta’limot;

  • falsafa tarixi – falsafa rivojlanishi to’g’risidagi ta’limot;

  • germenevtika – ma’no-mazmun to’g’risidagi ta’limot va boshqa sh.k.

3. Falsafaning kelib chiqishi. Dastlabki falsafiy ta’limotlar milloddan avvalgi VII va VI asrlarda bir vaqtning o’zida har xil mintaqalar – Qadimgi Hindiston, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Turonda paydo bo’lgan. Buni xitoy, hind, misr, turon va boshqa sivilizatsiyalar tarixining ilk davrlaridagi hosil qilingan mifologik, diniy va falsafadan oldingi adabiy manbalarda aks ettirilgan ma’lumotlar tasdiqlaydi.
Dastlabki inson va jamiyat to’g’risida qadimgi qarashlarda ildiz otgan falsafiy donishmandlik an’anaviy turmush tarzini tanqiy tahlil qilishning ifodasi bo’lib,uning birinchi kurtaklari kundalik, an’anaviy, patriarxal hayotning adolatligi va haqiqiyligiga shubha bilan qarashlar asosida paydo bo’lgan edi. Umuman falsafa mifologik-diniy ongning usullari tabiiy va ijtimoiy voqelikni tushuntirishga qurbi etmay inqirozga uchragan davrida haqiqiylikni umumiylikdan, asillikni yasamalikdan ajratish, yangi mustahkam dunyoqarashni yaratish va yangi hayotiy yo’nalishlarni aniqlash zaruriyati tufayli vujudga kelgan. Bu vazifalarni hal etishga bo’lgan urinish esa, o’z navbatida, dunyo va odam to’g’risida tanqidiy, aqlan fikrlash to’g’risidagi dunyoqarashning yangi turi bo’lmish falsafaning rivojlantirishga sabab bo’ldi.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling