fan - bu aniq qoidalar asosida qurilgan ma’lum belgilar bilan mustahkamlangan bilimdir;
fan - har doim eng aniq tilda ifodalanadigan bilimlar majmuasidir;
fan - bu ob’ektlarning ishlashi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir;
fan - bu empirik sinovdan o’tgan va tasdiqlangan bilimdir;
fan - bu doimiy ravishda o’zgarib, rivojlanib boradigan bilimlar tizimidir.
Yuqoridagi ta’rif va tavsiflardan ham ko’rinib turibdiki, fanning bevosita maqsadi o’zining o’rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdan iboratdir..
Har qanday fan ob’ekt, predmet, nazariya va gipoteza, metod va fakt, empirik materiallar tavsifini o’z ichiga olgan holda muayyan kompozitsiya23shaklida ifodalangan bo’ladi. Bu kompozitsiya ilmiy-tadqiqotlar natijasida yanada sayqallashib boradi.
Ilmiy tadqiqotlarda uchta asosiy yo’nalish mavjud:
1. Fundamental24 ilmiy tadqiqotlar – bu yangi fundamental bilimlarni olish, shuningdek, o’rganilayotgan hodisalarning qonuniyatlarini aniqlashtirish uchun mavzuni chuqur va har tomonlama o’rganishga qaratilgan bo’lib, olingan natijalari esa bevosita ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo’ljallanmagan bo’ladi.
2. Amaliy – ilmiy tadqiqotlar – bu fundamental fan yutuqlaridan amaliy muammolarni hal qilishda foydalanadigan tadqiqot bo’lib, uning natijalari yangi texnologiyalarni yaratish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
3. Tadqiqot va ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot ishlari) – bu yerda ilm-fan va ishlab chiqarish birlashtirilib, shu bilan ushbu loyihaning ilmiy va texnikaviy hamda muhandislik tadqiqotlari ta’minlanadi. Ba’zan olingan natijalar ilmiy-texnikaviy inqilobga olib kelishi mumkin.
fanlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Yangi fanni yaratish esa o’z navbatida: yangi tadqiqot ob’ekti ajratib olish; ajratib olingan ob’ekt uchun yangi tadqiqot usullarini yaratish; yangi fanning predmeti va mazmunini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Odatda, yangi fanlarning yaratilishi ilmiy maktablar tomonidan amalga oshiriladi. Qilingan kashfiyotlarning darajalariga qarab esa mumtoz ilmiy maktablar zaminida yangi ilmiy maktablar shakllanib, rivojlanib boradi. Jahondagi sivilizatsiyalar beshiklaridan biri bo’lgan bizning ona-Vatanimizda ham juda qadimdan boshlab bir nechta ilmiy maktablar shakllangan va rivojlangan. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Faylasuf-olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabi mutafakkirlarning ishlarini davom ettirib, falsafa ilmini fan darajasiga ko’tardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |