Hozirgi davrda integrallashgan falsafa fanining
sohalari
1. Metafizika
|
10. Ta’lim falsafasi
|
2. Tabiat falsafasi
|
11. Texnika falsafasi
|
3. Inson falsafasi
|
12. Din falsafasi
|
4. Bilish falsafasi
|
13. Til falsafasi
|
5. Axloq falsafasi
|
14. San’at falsafasi
|
6. Ijtimoiy falsafasi
|
15. Mantiq falsafasi
|
7. Tarix falsafasi
|
16. Falsafa tarixi
|
8. Madaniyat falsafasi
|
17. Futuristik falsafa
|
9. Siyosat falsafasi
|
18.Tarbiya falsafasi
|
Fan falsafasi haqiqiy fanlardan «kundalik soxta – yolg’on fan»larni ajratib bgtrish vazifasini ham bajaradi. Soxta fan – bu ilmiy faoliyatga taqlid qiluvchi, faktlarni e’tiborsiz qoldirish yoki buzib ko’rsatish bilan odamlarni o’ziga jalb qilishga qaratilgan oldi-qochdi tushunchalar turkumidan iborat bo’lgan «chala mulla»larning faoliyat sohasidir. Bu«chala mulla»lar nazariy hisob-kitoblarni kuzatish natijalari bilan «sog’lom fikr», «dalil» yoki «obro’li fikr» ga murojaat qilish foydasiga solishtirishdan bosh tortish, mustaqil nazar bilan tasdiqlanmagan nazariya, ma’lumotlar, tajribalar, tadqiqot natijalarini mustaqil ravishda tekshirish yoki takrorlashning iloji yo’qligidan nolib, ilmiy ishda siyosiy va diniy munosabat, dogmalardan foydalanishni afzal ko’rib,o’zlaricha ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinmagan qandaydir nazariyalarni ishlab chiqishga urinadilar. Shu sababli ular o’zlarini «falsifikatsiya qilingan rasmiy ilmga qarshi kurashchilar» deb e’lon qilishadi. Shu bilan ular ilm ahlini chalg’itishga urinadilar. Bunday xatti-harakatlar ilm ahli o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarish orqali yangi jamoada shakllanayotgan ilmiy-ijodiy muhitni buzishga qaratilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |