1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Falsafaning hozirgi kunda yangilanib borish zaminlari


Download 328.62 Kb.
bet22/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

12. Falsafaning hozirgi kunda yangilanib borish zaminlari. Hozirgi zamon falsafasining shakllarib borish zaminlari – bu uning yangi sharoitda rivojlanishini, yetakchilik xususiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy shart-sharoitlar,ilmiy kashfiyotlar va nazariy ishlanmalarning ko’lami bilan belgilanadi.
Falsafaning hozirgi kunda yangilanib borish zaminlarini:

  • informatsion-texnologik ishlab chiqarishning qaror topishi va tobora rivojlanib kengayib borishi;

  • jahonda «o’rta hol» aholi qatlamining o’sishi natijasida ijtimoiy munosabatlar va jamiyatning ijtimoiy strukturasida yuz berayotgan o’zgarishlar;

  • texnogen iqtisodiyotdan neoiqtisodiyotga o’tishda yangi tipdagi professional, zamonaviy falsafiy tafakkur madaniyatini egallagan ishchi va xizmatchilar avlodining dunyoga kelayotganligi;

  • fundamental fanlar sohasida qilinayotgan buyuk kashfiyotlar (sinergetika, vakuum nazariyasi, antrop printsipi, mikroelektronika va boshqalar) va ularning dunyoning zamonaviy ilmiy manzarasini yaratish borasidagi sa’y-harakatlari;

  • falsafa sohasida amaliyotdan kelib chiqqan holda yangi nazariy g’oyalarni ishlab chiqish va uni ijtimoiy sohada qo’llash va boshqalar tashkil etadi.

13. Haqiqiy faylasuf bo’lish tamoyillari. Donishmandlar qadimda o’zining shogirdlarini hayotning alohida falsafiy tarziga o’rgatganlar. Ba’zan «professional faylasuf»dan juda uzoq bo’lgan, hayotga nostandart munosabatda bo’lgan oddiy odamlarni «faylasuf» deb atalishini eshitish mumkin. Amalda bu «hayotning falsafiy tarzi» qanday? Amalda haqiqiy faylasuf bo’lish uchun nimani bilish va qilish kerak?
Avval haqiqiy faylasuf keng ma’lumotli odam bo’lishi, har xil hodisalarning sabab va oqibatini tushunadigan, narsalarning mohiyatini bila olishi kerak. U tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini tushunishi va ularni xususiy hayotiy hodisalarga qo’sha bilishi zarur. Foyda uchun emas, haqiqat va kamolga etish uchun u doim bilimni sevishi va unga intilishi lozim. U hamma hayotiy vaziyatlarda izchil, matonatli va qat’iy, kam ehtiyojli bo’lishi darkor. Haqiqiy faylasuf hayotning abadiy ekanligini tushunishi, undagi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikni ko’ra bilish va hattoki o’limni ham tik boqib,uni mangulik sifatida qabul qilishi kerak. U o’ziga va oliy ma’naviy qadriyatlarga ishona bilishi zarur. U behuda hayotdan ozod, shu bilan birga o’zining barcha harakatlarda juda omilkor bo’lishi lozim. Oxir-oqibat haqiqiy faylasuf falsafaning bosh masalasi – o’rab turgan dunyoni va o’zini bilish, o’z hayot mazmunini anglagan holda umrguzaronlik qilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling