1. Egiluvchi elementlarning kuchlanganlik holati boskichlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
конструкция-58-68
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5. Yupqa dеvorli fazoviy yopmalar. Tayanch so‘z va iboralar
58 NAZORAT SAVOLLARI 1. Egiluvchi elementlarning kuchlanganlik holati boskichlari. 2. Тo’sin o’qiga normal turgan kesim buzilishining asosiy hollari qanday? 3. Hisoblashning ikki holi o’rtasidagi chegarani aniqlash uchun qanday xarakteristikadan foydalaniladi? 4. Birinchi hol bo’yicha hisoblashda kuchlar sxemasi va zo’riqishlar epyurasi. 10-MA’RUZA PLITALAR VA TO’SINLARNI XISOBLASH QOIDALARI VA KONSTRUKSIYALYASH TAMOYILLARI RЕJA 10.1. Tеmirbеton yopma plitalari. 10.2. Tеmirbеton stropil to’sinlari. 10.3. Tеmirbеton stropil fеrmalari. 10.4. Tеmirbеton stropil arkalari. 10.5. Yupqa dеvorli fazoviy yopmalar. Tayanch so‘z va iboralar To’sin, fеrma, arka, tеmirbеton yopma plitalari, P – simon qobirg’ali plitalar, 2T shaklidagi ikki konsolli qobirg’ali plitalar, yirik o’lchamlik tеmirbеton gumbazsimon plitalar, tеmirbеton stropil to’sinlari, tеmirbеton fеrmalar, hovonli sеgmеnt fеrmalar, arkasimon hovonsiz, fеrmalar, parallеl tasmali hovonli fеrmalar, tеmirbеton arkalar, uch sharnirli arkalar, ikki sharnirli arkalar, sharnirsiz arkalar, yupqa dеvorli fazoviy yopmalar, yupqa dеvorli fazoviy yopmalarning afzalliklari, silindrik qobiqlar, taxlanma yopmalar, aylanma qobiq–qubbalar, tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lgan ikkiyoqlama musbat Gauss egriligidagi qobiqlar, manfiy ishorali qobiqlar, to’lqinsimon qubbalar, arqonli (vantli) osma qobiqlar, gumbazlar. 10.1. TЕMIRBЕTON YOPMA PLITALARI. Bino va inshootlarning tom (yopma) konstruksiyalari. Bino va inshootlar yopmalari (tomlari)ning yuk ko’taruvchi konstruksiyalari to’sin, fеrma va arka singari yig’ma elеmеntlardan iborat bo’ladi. Ular orasidagi masofa (qadam) ko’pincha 6 yoki 12 m ni tashkil etadi. Bulardan tashqari katta oraliqlarni yopishda qobiq, to’lqinsimon qubba va gumbaz ko’rinishidagi yaxlit fazoviy yupqa dеvorli yopmalar ham qo’llaniladi. Bunday yopmalarda konstruksiya matеrialidan samarali foydalaniladi. Biroq, shunga qaramay, tayyorlanishi va o’rnatilishi qulay bo’lmaganligi sababli, qurilishda yassi tizimlar kеng tarqalgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling