TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR
EHMlarning sonli elementlari deb nimaga aytiladi?
Trigger iborasiga ta’rif bering.
Asinxron va sinxron RS triggerlarning asosiy farqlarini tushuntiring.
Sinxron RS trigger nima uchun kushimcha «S» kirish yo‘liga ega?
Asinxron RS triggerning vaqt diagrammasini tuzing.
Sinxron RS triggerning o‘tish jadvalini izohlang.
Sinxron RS triggerning vaqt diagrammasini quring.
Signallar poygasi deganda nimani tushunasiz?
Bir taktli va ikki taktli sinxron RS triggerning asosiy farqini tushuntiring.
Ikki taktli sinxron RS triggerning ishlash prinsipini tushuntiring.
TAYaNCh IBORALAR
EHMlarning sonli elementlari, trigger, asinxron trigger, sinxron trigger, sinxrosignal, vaqt diagrammasi, o‘tish jadvali, signallar poygasi, bir taktli sinxron RS trigger, ikki taktli sinxron RS trigger.
MAVZU: D, T va JK TRIGGERLAR. ULARNING
SXEMALARI VA IShLASh PRINSIPLARI
REJA:
Asinxron va sinxron T – triggerlar
D – triggerlar va ularning ishlash prinsipi
JK – triggerlar va ularning ishlash prinsipi
Universal JK-triggerlar
1. Asinxron va sinxron T – triggerlar
T - trigger (ing. Toggle) relaksator ma’nosini anglatadi. Ushbu trigger faqat bitta T-informatsion kirish yo‘liga ega. Bu kirish yo‘li hisob kirish yo‘li deyiladi . T-trigger o‘z holatini kirish yo‘liga yangi boshqaruvchi sig- nal kelishi bilan o‘zgartiradi.
Asinxronn T-trigger Bu qurilma ikkita turg‘un holatga ega bo‘lib, bitta T- informatsion kirish yo‘liga egadir. U asinxron T-trigger deb ataladi. Bunday triggerning kirish yo‘liga «1» signal berilganda u o‘z holatini qarama-qarshi (teskari) holatga o‘zgartiradi. Asinxron T-triggerning ishlash prinsipini uning quyidagi o‘tish jadvali ifodalaydi:
O‘tish jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |