Reja: ehmlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari Asinxron rs triggerlarning vaqt diagrammasi Sinxron triggerlar va ularni qo‘llash maqsadlari Bir


Download 124.5 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1562613
  1   2   3   4
Bog'liq
triggerlar va asinxron triggerlar


Triggerli sxemalarning sxemotexnikasi. Asinxron rs trigger. Bir taktli va ikki taktli sinxron rs trigger
Reja:



  1. EHMlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari

  2. Asinxron RS trigger

  3. Asinxron RS triggerlarning vaqt diagrammasi

  4. Sinxron triggerlar va ularni qo‘llash maqsadlari

  5. Bir taktli sixron RS-trigger

  6. Ikki taktli sinxron RS-trigger


1. EHMlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari

EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.


Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:

  • asinxron triggerlar;

  • sinxron triggerlar.

Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.


Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.




    1. Download 124.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling