1 Ehtiyojlarning miqdoran o`sishi
Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Download 84.29 Kb.
|
Tojiyev Xudoyberdi
Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo'g'inlarda uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning sikill rivojlanishi deb ataladi. Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib be- rishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqti sodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtayi nazaridan ahamiyatliligi to'g'risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shum- peter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan. Ta’kidlash Iozimki, turli darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur muammor# ^oritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar Y.I.Vidyapin, A.l.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tara- sevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alo hida mavzu drqaii keng to'xtalib o‘tilgan’. Unda iqtisodiy sikllar naza riyasi iqtisodiy o'sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozara- li va kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shu ningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. sikl- ning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta’sir jarayo nining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to'xtab o'tilgan. Shyndan so'ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan. Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muam- molariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to'xtab o'tilgan2. Ushbu xusu- siyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning faza- lari bayoniga to'xtalib o'tamiz. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir ho- latidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o4ib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to'xtab qolmaydi, balki u to'xtovsiz to'lqinsimon harakat sifatida davom etadi. siklli hara kat iqtisodiy o'zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo'lib, milliy xo'jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bos- qichlaming iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o'ziga xos xusu- siyatlarga ega bo'ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jon- lanish, yuksalish fazalari ajratib ko'rsatiladi (19.1-chizma). Ana shu fazalaming har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o'tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o'ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi. Inqirozdan keyin turg'unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan an cha past bo'ladi. Narxlaming pasayishi to'xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq islisizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg'unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihovasiga yetadi. Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o'sib boradi. Narxlar ham asta ko'tarilib, ssuda foizi o'sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o'sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o'sib o'tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl ynksalishning boshlang'ich nuq- tasi hisoblanadi. si hisoblanadi.
Download 84.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling