Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kengayishi ish-
sizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lo’ovga qodir talab kengayadi.
Pirovard talabning oshishi, o'z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.
Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklaming
to'planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi
inqiroz muqarrar bo'lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yi
cha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil faza-
larga ega bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |