V-
bosqich
Demografik o‘sish va tabiatga antropogen ta'sirning kuchayishi
natijasida turli mahalliy, mintaqaviy va umumbashariy ekologik muammolar
kelib chiqdi. Inson yadro energiyasidan keng foydalana boshladi, u yerdan
ko‘tarilib, kosmosni zabt etdi. Insoniyat sivilizasiyasi yangi bosqichga, ya'ni
noosfera (gr. "noos"- aql, idrok va "spaira" - shar) bosqichiga o‘tdi.
Noosfera bosqichida inson, V.I.Vernadskiy iborasi bilan aytganda,
butun dunyo qiyofasini o‘zgartirib yuboruvchi geologik kuchga aylandi.
Oqibatda Sayyoramizda hayotning barqarorligiga jiddiy putur yetdi,
o‘rmonlarning maydoni 3/2 ga qisqardi, o‘simlik va hayvon turlarining soni
keskin kamayaboshladi, muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi kuchaydi.
O‘tgan asrning 60-yillarida umumbashariy ekologik muammolar
namoyon bo‘laboshladi, ularning oldini olish uchun uyushgan jamoatchilik
harakatlari vujudga keldi. Rivojlangan mamlakatlarda qonunlar qabul
qilindi, Xalqaro ekologik tashkilotlar tuzildi, atrof-muhit muammolari
bo‘yicha konferensiyalar o‘tkazildi, Xalqaro Konvensiyalar imzolandi. Bu
davrda ekologiyaning fan sifatidagi o‘rni mustahkamlana bordi.
1970-1980 yillarda "Ekologiya" fani g‘oyalarining barcha fanlarga va
ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi, ya'ni ekologiyalashtirish amalga
oshirila boshlandi. Natijada ekologiyaning "Amaliy ekologiya", "Sanoat
ekologiyasi", "Muxandislik ekologiyasi", "Agroekologiya", "Qurilish
ekologiyasi", "Kimyoviy ekologiya" va boshqa tarmoqlari alohida fan sifatida
o‘qitila boshlandi. Unda ishlab chiqarish jarayonlarini ekologik talablarga
bo‘ysundirish,
ta'lim
va
Do'stlaringiz bilan baham: |