1. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. (Asosiy tushunchalar, nazariyalar, fanga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida). Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya»


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini yoddan aytish, tushuntirish


Download 62.95 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi62.95 Kb.
#1548862
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish

2.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini yoddan aytish, tushuntirish.
50-modda, 54-modda, 55-modda, 100-modda
50-modda
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.

54-modda
Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.


Mulkdor — mulk subʼyekti; mulk obʼyektiga nisbatan egalik, foydalanish, tasarruf etish huquqiy tamoyillari asosida mustahkamlangan huquqlarga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Oʻzbekistonda mulkdorlar qatlamini shakllantirish mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari orqali amalga oshiriladi. 1991—94-yillarda kichik xususiylashtirish deb atalgan iqtisodiy islohotlarning 1-bosqichida aholi ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondlari tekin yoki imtiyozli tarzda xususiylashtirildi. Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari bevosita aholiga sotildi. Aksiyadorlar jamiyatida oʻtish, fermer va dehqon xoʻjaliklar, ijara korxonalarining tuzilishi ham bu borada muhim rol oʻynadi. Mamlakatimizda oʻrta mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda 

55-modda


Yer, er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
”Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning vazifalari
Ushbu Qonunning vazifalari mineral xomashyoga, yer osti suvlariga bo‘lgan hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni, yer osti boyliklaridan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklarini, atrof tabiiy muhitni muhofaza etish va ishlarni bexatar olib borishni, davlat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer osti boyliklariga egalik qilishda, ulardan foydalanishda va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishdan iborat.

100-modda


Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va boshqa kiradi.


Download 62.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling