1. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. (Asosiy tushunchalar, nazariyalar, fanga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida). Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya»


Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi


Download 62.95 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi62.95 Kb.
#1548862
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish

8.Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi.
Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.).

Muhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi uchinchi element esa oarganizm uchun zararli bo'lishimumkin.


Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p va doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa o'zgaorib turadi va u o'ljaning oz-ko'pligiga bog'liq bo'ladi.

Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muhit» atamasi ham ishlatilmoqda. Tashqi muhit – tabiiy kuch va voqelikning yig'indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson faoliyatining turli ob'ektiv va sub'ektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan aloqada bo'lmasligi ham mumkin.

Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasining aynan o'zi bo'lib, ob'ekt yoki sub'ekt bilan to'g'ridan-to'g'ri munosib bo'ladi. Atrof muhit tushunchasini biologi olim Ya. Yaksol (1864-1944) ekologiyaga va uni qo'yidagicha ta'riflagan: «Tashqi dunyo», u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularni sezgi organlari, hayvonlarni harakat organlari orqali ta'sir qilib, maxsus hususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub'ekt huddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi mhitning u yoki bu xususiyati bilan bog'langan murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta'minlaydi.

«Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan.


Turli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, o'simliklar ichida o'sib yurgan asalarini har xil qabul qilamiz. Bazi hayvonlarning sezgi organlari shunchalik kuchli bo'ladiki, ular insonlar qabul qla olmaydigan hidni, tovushni va boshqa tabiiy holatlarni qabul qiladilar.
Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir. Sababi balandlikning organizmga ta'siri harorat, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi orqali borsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi sababli yuzaga keladi.
Ekologik omillar tirik organizmlarga quyidagi ta'sir ko'rsatadi:
1. Ayrim turlarni ma'lum hududdan siqib chiqaradi va ularning jo'g'rofik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi.
2. Har xil turlarning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatib, ularning ko'payishi va nobud bo'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkichi joyga ko'chib populyasiya va biosenozlar zichligiga ta'sir qiladi.
3. Organizmlarda moslashish xususiyatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki (modda almashuv) va tashqi o'zgarishlarni tarqoq, guruh bo'lib tarqalishi, qishga va yozgi tinim davri, fotodavr reaksiyasining kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Muhit omillarini ta'siri vaqt bo'yicha ham o'zgarib turadi. Chunonchi, kun davomida yoki yilning fasllari bo'yicha, dengiz va okea to'lqinlarining muntazam va doimiy o'zgarib turishi, ekologik omillarning kutilmagan holda o'zgarishi yoki aniq davrlar ichida bo'lmasligi, turli yilllarda ob-havoning har xil kelishi, tabiiy ofatlar – dovul, kuchli bo'ron, suv bosishi, sel kelishi, er selkinishlari, vulqonlar ta'sirida o'zgarib turadi.


Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o'z ichiga oladigan funksional sistema ekologik sistema deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol bo'la oladi. Ma'lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar. Bunday uzviy bog'lanishlar biogeosenozlarni tashkil etadi. Biogeosenoz umumiy, tabiiy kompleks biogeosenozning birqismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologik A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeosenoz (bios-hayot, geo – Yer, senoz – umumiy, jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan. Shunday qilib, biogeosenoz (yoki ekosistema) deyilganda o'zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo'lgan, o'ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qqismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o'ziga xos tarzda ta'sir etuvchi birikmalar yig'indisi tushuniladi.
Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga o'tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya'ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o'tishi elementlarni doimiy sirkulyasiya qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar katta yoki kichik berk aylanma holati bo'lib, u biogeoximik sikl deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va noorganik birikmalar harakati ozuqa elementlarining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishiga ikki holat ajratiladi: 1) Rezerv fondi – nobiologik komponentlaridan hosil bo'lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko'p massasi; 2) Harakatchan yoki almashinadigan fondi – bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o'rtasida va ularni o'rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir.

Tabiatda uchraydigan 90 dan ortiq elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni zarurdir. Ular ichida eng kerakli – uglerod, azot, vodorood, kislorod, fosfor kabilar bo'lib, boshqalari uncha ko'p bo'lmagan holda talab qilinadigan kalsiy, temir, kaliy, magniy elementlaridir. Bu elementlar vaqti-bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o'tib, ma'lum darajada murakkab bioximik sikllarda qatnashadi.



Biogeoximik sikllarning gazsimon moddalar va cho'kma sikllar aylanishiga bo'linishi va shu sikllarning bir turida uglerod, azot yoki kislorod qatnashadi. Ular uchun atmosfera yoki okean kabi katta fondlar bo'lib, shu fondlarga gazlar miqdori buzilsa, tezda to'ldirib turadi. Masalan, bir joyda CO2 ning ortiqcha to'planishi, havo to'lqinlari bilan tezda tarqatib yuboriladi yoki o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi va dengizlarga yutilib karbonatlarga aylanishidan domi bir darajada (0,03%) bo'ladi.
Download 62.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling