1. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. (Asosiy tushunchalar, nazariyalar, fanga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida). Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya»
Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida
Download 62.95 Kb.
|
Ekologiya mustaqil ish
4.Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida.
AES, GES, IES Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi. Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar. XXI arga kelib inson tabiatga nsbatan tajavuskorlik bilian munosobatda bo'lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda. Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi. Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim. Buning uchun ulkan sanoat infratuzilmasi yaratilgan. Yuqorida fikr yurtganimizdek sanoat karxonalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqaradi balki atrof-muhitga chiqindilar ham tashlaydi, bu esa tabiatga o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko'proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o'z ta'sirini ko'rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo'lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Halqaro miqyosda juda ko'p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda. Download 62.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling