Mavzu: Sanoat korxonalarning atrof- muhit ekologik holatiga ta’siri Reja


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1424723
  1   2   3   4
Bog'liq
mus eko Kelichev 4



Kelichev B 

 
Mavzu: Sanoat korxonalarning atrof- muhit ekologik 
holatiga ta’siri 
 
 
Reja: 
1. Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. 
2. Sanoat chiqindilarini tirik organizmlarga ta'siri. 
3. Sanoat chiqindilarini qayta ishlash. 
4. Paxta tozalash korxonalarini atrof muxitga ta'siri. 


Kelichev B 

1. Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. Kimyoviy moddalar 
tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, 
tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, 
yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof 
muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan 
kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. 
Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi 
davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar 
rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi 
bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-
muhitni ifloslanishiga olib keldi. 
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar 
hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni 
ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab 
chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar 
qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, 
chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. 
mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, 
kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R
2
O
5
) 35 mln t., 
smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 
ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq 
chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq 
va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida 
tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi 
va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. 
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan 
kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat 
korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO
2
); oltingurgut 
oksidlari (SO, SO
2
); vodorod oltingurguti (H
2
S); azot oksidlari (NO, NOx); 
ammiak (NH
3
); inert gazlardan: frionlar (SN
3
ClF, C
2
H
4
ClF); vodorod ftorid (HF); 
uglevodorodlar (CH4, SnN
2+2n
), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel 
(Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-
muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: 
energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish 
materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); 
kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi. 
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – 
zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy 


Kelichev B 

preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb 
ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik 
birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, 
xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan 
(pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) 
kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar 
hisoblanadilar. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling