1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet4/15
Sana06.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1330393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

Fotosintez – murakkab fotokimyoviy jarayon bo‘lib, u tiriklikning poydevori hisoblanadi. CHunki bu jarayon butun tirik tabiatni ham kislorod va ham ozuqa bilan ta’minlaydi. Fotosintez jarayonining sodda ifodasi quyidagicha:

Fotosintez jarayonida o‘simliklar quyoshdan etib keladigan enyergiyaning faqat 0,1- 0,3% dan foydalanadilar. Bu – bir qarashda kichik raqam. Ammo, ular ana shu kichik miqdordagi enyergiya yordamida har yili Yer yuzida 190 mlrd tonna organik moddalar hosil qiladilar. SHuni aytish kyerakki, organizmlarni yorug‘likka talabi, boshqa omillarga bo‘lgan talabi singari, turlicha bo‘ladi. SHunga ko‘ra organizmlarni fotofillar ya’ni yorug‘liksevarlar hamda fotofoblar ya’ni yorug‘likni yoqtirmaydiganlar kabi ekologik guruhlarga bo‘lish mumkin.
Organizmga ta’sir ko‘rsatadigan edafik omillarga tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari kiradi. Tuproqning zichligi, kimyoviy tarkibi, unda harakatlanib yuruvchi gaz, suv, organik va minyeral moddalar tuproqda doimiy yoki vaqtincha yashovchi organizmlarga ta’sir ko‘rsatib, ularning faoliyatini belgilaydi.
Muhitning gidrofizik va gidrokimyoviy omillari esa suv bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, suv ekologik jihatdan ko‘pgina organizmlar uchun hayot muhiti va makon bo‘lib hisoblanadi. Suv muhitida doimiy yashovchi organizmlar gidrobiontlar deb nomlangan bo‘lib, ular turli ekologik guruhlardan iboratdirlar. Masalan, planktonlar (suvda qalqib harakatlanuvchilar), nektonlar (suvda aktiv harakatlanuvchilar), pelagial organizmlar (suvning yuza qatlamlaridan makon topganlar), bental organizmlar (suv tubida yashovchilar) va hokazolar. Gidrobiontlar shuningdek suvning sho‘rligiga chidamliligi jihatdan stenogalin va evrigalin guruhlariga, bosimiga chidamliligi jihatdan stenobat va evribat ekologik guruhlariga bo‘linadilar. SHunday qilib, faktoral ekologiya tashqi muhit omillarining barchasini o‘rganuvchi keng qamrovli fan tarmog‘i hisoblanadi.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling