1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet8/15
Sana06.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1330393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

1 – Mavzu: Ekologik omillar va qonuniyatlar
Ma’ruzaning rejasi
1. Muhit va organizmlarning yashash sharoiti
2. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi
3. Asosiy ekologik qonunlar
4. Ekologik omillarning organizmlarga ta’sir ko‘rsatish qonuniyatlari
Mavzuga doir tayanch iboralar
muhit, yashash sharoiti, ekologik omillar, abiotik, biotik, antropik, qitiqlovchi o‘zgartiruvchi, cheklovchi, xabar qiluvchi, optimum, pessimum, kritik nuqta, evribiont, stenobiont, valentlik, spektr, nisha


Muhit va organizmlarning yashash sharoiti
Organizmlar yashaydigan muhit va undagi yashash sharoiti tushunchalari bir-biriga yaqin, ammo ekologiya nuqtai nazaridan ularni farqlash zarur.
Muhit – bu organizmni o‘rab olgan, uning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishiga ta’sir etadigan ekologik omillar majmuidir. Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar bir-biriga o‘xshamaydigan to‘rt xil yashash muhitini ishg‘ol qilganlar. Bular – suv muhiti, yer usti havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizmlardir. Yerda hayotning paydo bo‘lishi dastlab suv muhitida boshlangan. Keyinchalik organizmlar yer usti havo muhitini egallaganlar, ba’zi organizmlar tuproqda va boshqalari biror bir organizmda yashab qolganlar. Organizmlar qayerda yashashidan qat’iy nazar, o‘sha joyning muhitiga moslashib olganlar. Bunday moslanishlar adaptatsiya deyiladi. Adaptatsiyaning kelib chiqishi turning evolyusiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, bunda organizmlar hujayralarining biokimyoviy tarkibidan tortib, ularning hulq atvorigacha o‘sha sharoitga moslashib oladi.
Muhit organizmga ta’sir etadigan ko‘pgina organik va noorganik tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bu tarkibiy qismlarning ba’zilari organizm uchun zarur, boshqalari zarur bo‘lmasligi yoki organizm uchun hatto zararli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, daraxtda uya qo‘yadigan qushning ko‘payishi uchun daraxt va uning yaqin atrofida ozuqaning etarli bo‘lishi zarur. Ammo bu joyda ko‘rib, yiqilib yotgan daraxtlarning bo‘lishi qush uchun ahamiyatsiz bo‘lib, ular qushning hayotiga ta’sir ko‘rsatmaydilar. Daraxt tagiga odamlar kelib biror ish boshlashlari esa qushni bezovta qilishi bilan uning ko‘payishiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling