1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet5/15
Sana06.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1330393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

2. Populyasion ekologiya polpulyasiyalarning shakllanishi va dinamikasini o‘rganadi. Populyasiyalar hayotini o‘rganish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rganish imkonini byeradi. Populyasiyalar dinamikasidagi qonuniyatlarni o‘rganish asosida inson ularning biologik mahsuldorligini oshirish sirlarini bilib oladi.
3. Biogeotsenologiya fani populyasion ekologiyadan kelib chiqqan bo‘lib, biogeotsenozlarni o‘rganadi. Bu fanga ilk bor rus olimi V.N.Sukachev 1940 y. asos solgan. Biogeotsenoz biosfyeraning kichik bir qismi bo‘lib, u o‘zining joylashgan o‘rni, iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga ko‘ra bir xil bo‘ladi. Oddiyroq qilib aytganda, biogeotsenoz tabiatning ma’lum bir joyida muayyan bir xil sharoitda yashovchi tirik organizmlar va ularning joylashgan o‘rnidagi abiotik omillarning majmuasi bo‘lib, organizmlar doimo bir-birlarining ta’sirida yashaydilar va yashash muhiti omillarining ta’sirida bo‘ladilar. Biogeotsenozlarda jonli va jonsiz tabiat orasida muttasil modda va enyergiya aylanib yurishi tiriklikni davom ettirishga asos soladi. Biogeotsenozlarning jonli tabiati o‘simlik (fitotsenoz), hayvon (zootsenoz) va mikroorganizmlar (mikrotsenoz)dan tashkil topgan. Biogeotsenozlar turlicha bo‘lib, muayyan sharoitning tarixi va tabiiy sharoitlariga ko‘ra vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, tropik mintaqalarga xos o‘rmonlarning biogeotsenozlari sovuq tundra biogeotsenozlariga nisbatan boy va mahsuldor bo‘ladi. Tabiatda biogeotsenozning turli tirik komponentlari birlashib biologik birlikni ya’ni biotsenozni hosil qiladi. Demak biotsenoz – muayyan bir maydonda yashovchi o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar majmuasidir. Ular doimo bir birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladilar. Biotsenoz rivojlanadi, uning rivojlanish sirlarini o‘rganish asosida inson o‘z faoliyati bilan uni o‘ziga maqbul bo‘lgan tarafga o‘zgartirishi mumkin.
Global ekologiya - biosfyerani yaxlitligicha o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Uning bosh vazifasi - antropogen ta’sir natijasida Yer yuzida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganib borishdan iborat.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling