1. Ekonometrika fanining maqsadi nimalardan iborat?


Download 26.42 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1625040
  1   2   3   4
Bog'liq
ekonometrika savolllarga javob (Автосохраненный)


1.Ekonometrika fanining maqsadi nimalardan iborat?

Ekonometrika fanlar orasida nisbatan yosh bo‘lib, hozirgi zamonda iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda va ulaming keyingi holatini bashorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekonometrika - matematik statistika usullari yordamida iqtisodiyotda miqdoriy qonuniyatlar va o‘zaro bog'lanishlami tadqiqot qiladigan fandir. 0 ‘sha usullar asosida korrelatsion-regression tahlil yotadi. Ekonometrika bo‘yicha birinchi ishlar XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida paydo bo‘ ldi. 1897-yilda V. Paretoning turli mamlakatlardagi aholi daromadlarini statistik usul bilan o‘rganishga bag‘ishlangan ishi chop etildi. Bu maqolada kelajakda Pareto nomi bilan atalgan у = a (x - a )'a egri chiziq tavsiya qilingan. Unda x - daromad miqdori; у - daromadi bor shaxslar soni bo‘lib, har bir shaxs daromadi miqdori x dan katta deb qaraladi; a - minimal daromad; A va a - munosabatning (funksiyaning) statistik usullar bilan topiladigan parametrlari. XX asr boshida ekonometrikaga oid qator ishlar chop etildi. Guker, Pirson, R.Frish va boshqalarning ishlari shularjumlasidandir. Ekonometrika fanining asoslarini norvegiyalik olim Robert Frish (1895- 1973) ishlab chiqqan. Shu sababli u haqli ravishda ekonometrikaning otasi hisoblanadi. 1931-yilda Jahon Ekonometrik Jamiyati tuzildi. Shu yil ekonometrikaning tug‘ilgan yili hisoblanadi. 1932-yildan boshlab ba’zi mamlakatlarda ekonometrika fani o‘quv rejasiga kiritildi. Shunday ekan, ekonometrika nima? - degan tabiiy savol tug‘iladi. R. Frishning o‘zi, ekonometrika - iqtisodiy nazariya, matematika va statistikaning sintezi, deb hisoblaydi. Ekonometrika fan sifatida iqtisodiyot, statistika va matematika orasida joylashgan. U - iqtisodiy qonunlami taqribiy chiqarish bilan bog‘langan fandir. Ekonometrika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis ekonometrist deb ataladi. Ekonometrist iqtisodiy nazariyaga yoki empirik ma’ lumotlarga asoslangan holda iqtisodiy modellami tavsiflaydi, shu model lardagi parametrlarni (noma’lum miqdorlami) baholaydi, iqtisodiy ko‘rsatkichlaming keyingi holatini bashorat qiladi. Ekonometrist iqtisodiy ko‘rsatkichlar qiymatlari jadvalini o‘rganib, ular orasidagi empirik munosabatlami keltirib chiqaradi. Ekonometristning jadvallarni o‘rganish bilan bogiangan ishi ekonometrik analiz deyiladi. Ekonometrik analiz yordamida iqtisodiy jarayonning birinchi modeli fransuz olimi Fransua Kene (1694-1774) tomonidan yaratilgan. U 1758- yilda “Iqtisodiy jadval”, 1766-yilda uning ikkinchi varianti bo‘lgan “Arifinetik formula” nomli asarlamiyozdi. F. Kene jadvali XVIII asro‘rtalarida iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidamuhim o‘ringa ega boidi. Bu jadvalga K.Maiks ham yuqori baho bergan. 0 ‘quvqoilanma “Ekonometrika 1” deb nomlangan. 





Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling