1. Ekonometrika fanining maqsadi nimalardan iborat?
Ekonometrik modellashtirishning zarurligi?
Download 26.42 Kb.
|
ekonometrika savolllarga javob (Автосохраненный)
2.Ekonometrik modellashtirishning zarurligi?
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi. 2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. 4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi. Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar. Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi kabilardir. Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasiga asoslanadi. Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir. Ekonometrikaning asosiy qo‘llaydigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usulidir. Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir: - iqtisodiy nazariya; - ehtimollar nazariyasi; - matematik statistika; - kompyuter texnologiyalari. 3.Ekonometrikaning qo`llanish sohalarini tushuntirib bering? Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi. Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi tadbiq etilgan. 1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. Shunday qilib, ekonometrika-Bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir. Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan. R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan darajasigacha ko’tarilishi mumkin”. Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga maksimal yoki minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan: Ekinlarni o’g’itlantirishning hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ekinlarni ma’lum bir darajada o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin o’g’itlantirish me’yor darajasidan ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi balki, hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. 4.Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi qanday? Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi. Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling