1. Elektro (ultrabinafsha) spektroskopiya


Download 272.81 Kb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi272.81 Kb.
#1701730
1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

1-masala. Tarkibida 3,061*10-4 gr bo’lgan siklopentadiyen 9,3721 gr geksanda (zichligi 0,6603) bo’lgan eritmasi ketma-ket 3 marta suyultirilgandan keyin eritmaning optik zichligiga kyuveta optik yo’lining uzunligi 1 sm maks 240 nm 1,1 ga teng bo’ladi. Yutilish mol koeffitsientini hisoblab topamiz.
Yechish. Eritmaning konsentratsiyasiyasini mol/l da aniqlaymiz. Bunda modda va erituvchining zichligini e’tiborga olib, ular farqidan siklopentadiyenning molekulyar massasi 66,10 ga tengligini bilgan holda quyidagicha hisoblash amalga oshiriladi.
V(eritma xajmi) =9,3721/0,6603=14,18 ml=1,418*10-2 l
C=3,061*10-4 / 1,418*10-4 *66,1=3,24*10-4 mol/l
=1,1/3,24*10-4 *1=3400 l/(mol*sm)
Spektrni qayta ishlashda mol yutilish koeffitsienti to’lqin uzunligiga (yoki chastotaga ) bog’liq holda grafik tuziladi. Hozirgi vaqtda ko’pincha chastotalar shkalasi (aniqrogí to’lqin soni ) sm-1 orqali ifodalanib, bu holda energiya chiziqli ravishda absissa o’qi boýicha o’zgaradi. Shuning uchun qiymati juda keng chegarada (1000 dan 10000 gacha) tebranib, UB-egri chiziqlari ba’zida lg ning ga (yoki ga ) ko’rinishida namoyon qilinadi. Kop hollarda spektr bitta maksimumlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.( 2-3-rasm)
Yutilish maksimumining kengligi asosiy pog’onalardagi elektron o’tishlardan tashqari qo’shimcha pogónalardagi molekulalar tebranishi bilan bog’liq bo’lgan o’tishlar ham bor ekanligini ko’rsatadi. Ko’pchilik bunday qo’shimcha o’tishlar odatda bunga mos kelgan maksimumlarni 1ta keng maksimum ko’rinishga olib keladi. Alohida hollarda masalan, aromatik birikmalarda tebranma qo’shimcha pogónalar hisobiga yutilish maksimumi bir necha kichik chiziqlar konturidan iborat bo’lib, asosiyning 2 ta tomonida mayda maksimumlsr bo’ladi. Odatda UB-spektrlar to’lqin uzunligini xarakterlab ularning yutilish maksimumlari va yutilish mol koeffitsientlari shu maksimumlarda kuzatiladi.
Masalan: siklopentadiyen spektrida (2-3-rasm) yetarli darajada aniqlik bilan yozuvni keltirish mumkin. maks (geksanda) 240 nm ( 3400).
Moddaning UB-spektri bir necha yutilish maksimumlariga ega bo’lib, uning har biri har xil tip elektron o’tishlar mos keladi. Bu holda spektrni raqamli ko’rinishda yozilishi to’lqin uzunligi keltirib, qavs ichida mos kelgan yutilish maksimumlarining qiymati keltiriladi. Agar spektr nisbatan murakkab konturga ega bo’lsa, (masalan, maksimumlardan biri) to’la ravishda bevosita spektr rasmi uning xususiy xarakteriga va ma’lum xulosalar chiqarishga olib keladi. Mol yutilish koeffitsienti UB-sohasida yutiladigan har bir moddalar uchun to’lqin uzunligining uzunligi bir xil erituvchida doimiy qiymatga ega bo’lishi, aniqlanayotgan moddaning optik zichligi berilgan konsentratsiyada bir xil bo’lishi kerak. Har doim optik zichlikni yuqori-o’lchash xatoligi qurilmaning konstruksiyasiga bog’liq holda 0,2 nmdan 1 foizgacha bo’ladi. Bundan kelib chiqib, o’lchanayotgan eritmaning optik zichligi ma’lum da yuqori aniqlik bilan moddaning konsentratsiyasini aniqlash mumkin. To’lqin uzunlidagi yutilish maksimumlariga xos kelgan o’lchashlar shart emas. Shunday qilib, UB-spektri osonlik bilan va yuqori aniqlik bilaneritmalarni miqdoriy analiz qilishga yordam berib, bunda konsentratsiyasi o’zgarishini vaqtga bog’liqligi holda kuzatishlar bu oxirgi tushuncha kimyoviy reaksiyalarning kinetikasini tatqiq qilishda keng ishlatiladi.

Download 272.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling