1. Elektroliz 2
Elektrolizning amaliy ahamiyati
Download 450.09 Kb. Pdf ko'rish
|
15-маъруза
Elektrolizning amaliy ahamiyati
Elektroliz xalq xo'jaligida va ishlab chiqarish jarayonlarida keng va turli- tuman qo'llanishga ega. Osh tuzini elektrolizi natijasida xlor va o'yuvchi natriy ishlab chiqariladi. Ammiakni sintezi uchun qo'llanadigan vodorodni olish suvni elektrolitik parchalanishiga asoslangan. Sulfat kislotaning 50% li eritmasini elektroliz qilish orqali vodorod peroksid olish jarayoni sanoatda keng qo'llanadi. NaCl ning suvli eritmasini elektroliz qilib, NaOCl va NaClO 3 ; MgCl 2 va CaCl 2 suyuqlanmalaridan Mg va Ca olish hamda boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Ko'pchilik metallarni ularning tuzlari suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi, chunki ular suvli sharoitda oson oksidlanishi mumkin. Bunday metallardan magniy (MgCl 2 dan), natriy (NaOH dan), aluminiy (aluminiy oksidning kriolit Na 3 [AlF 6 ] dagi suyuqlanmasidan) olinadi. Bu reaksiyalar yuqori temperaturada olib boriladi. Bundan tashqari, metallar yuza qatlamini nikel, xrom, kumush, mis va boshqa korroziyaga bardosh beradigan metallar bilan qoplash keng qo'llanadi. Bunday hollarda metallar yuzasi faqat korroziyadan saqlanibgina qolmasdan, yuza qatlamning qattiqligini va ishqalanishga qarshiligini orttiradi. Qoplanma yuzasini hosil qilishda buyum katod va qoplama yuza qiladigan metall aktiv anod sifatida ishlatilganda (rafinatsiya) elektrolit eritmasida metall tuzining konsentratsiyasi o'zgarmaydi, shu sababli asosiy jarayon borishi turg'un bo'ladi. Metall yuzasini xrom, rux va nikel bilan qoplash jarayonini galvano- stegiya deb ataladi. Galvanoplastika deb atalgan jarayonda qavariq shakldagi buyumlar yuzasiga metallar cho'ktirib ularning aniq nusxalarini tayyorlab, teri yoki qog'ozga chuquriz tushirish maqsadida muhr va matritsalar tayyorlanadi. Download 450.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling