1. Elektroliz 2
Metallarni korroziyadan saqlash
Download 450.09 Kb. Pdf ko'rish
|
15-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Metallarni korroziyadan saqlash
Korroziya xalq xo'jaligi uchun juda katta zarar keltiradi, chunki bu jarayon to'xtovsiz davom etadi. Yil davomida ishlab chiqarilgan metallning beshdan bir qismi shu tufayli yaroqsiz bo'lib qoladi, bu esa metallurgiya kombinatlarining beshdan biri bekorga ishlashi va buning natijasida ko'plab mablag'lar behudaga sarf bo'lganligidan darak beradi. Shu sababli metallarni korroziyadan saqlash katta ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlarning bir nechtasi ma'lum. Metall buyum sirtini korroziyaga turg'un bo'ladigan metall qatlami bilan qoplash. Shu maqsadda ishlatiladigan metallning standart elektrod aluminiy, magniy yoki ularning qotishmalari ham ishlatilishi mumkin. Protektor tugashi bilan uni yangisi bilan almashtiriladi. Doimiy tok manbai yordamida himoya qilinayotgan konstruksiyani katod, metall bo'lakchalarini anodga ulanganda himoya qilinayotgan konstruksiya uzoq vaqtlar davomida oksidlanishdan xoli bo'ladi. Korroziya jarayonining ingibitorlaridan foydalanib metallning yemirilishini hatto to'xtatish ham mumkin. Ko'pincha, ingibitorlar bug' qozonlarida, xlorid kislotani saqlashda yoki bir yerdan ikkinchi yerga tashib yurilganda qo'llanadi. Ingibitorlar sifatida organik moddalar, fosfat, silikat, xromat, nitrit kislota tuzlaridan foydalaniladi. Konsentratsiyasi 0,3—0,4% bo'lgan Na 2 CrO 4 eritmasida, natriy geksametafosfat (NaPO 3 ) 6 , NaNO 2 , Na 2 SiO 3 qo'shilgan suvlarda poiatning korroziyasi, Na 2 SiO 3 va Na 2 [SiF 6 ] qo'shilgan suvda aluminiyning korroziyasi juda ham sustlashadi. Nazorat savollari: 1. Tok zichligi nima? 2. O’ta qutblanish jarayoni qachon kuzatiladi? 3. Refinatsiya qanaqa usul? 4. Anod aktiv bo’lganda oksidlanishda qanaqa jarayonlar bo’ladi? Download 450.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling