1. Elektroliz 2
Download 450.09 Kb. Pdf ko'rish
|
15-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faradeyning I qonuni.
- Faradeyning II qonuni.
Faradey qonunlari
Elektroliz jarayonida elektrodlarda ajralib chiqqan moddalarning miqdori bilan sarf bo'lgan elektr toki miqdori orasidagi bog'lanish M. Faradey qonunlarida o'z aksini topgan. Faradeyning I qonuni. Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqqan moddalar (yoki elektrod erishi natijasida hosil bo'lgan moddalar) massasi elektrolit eritmasi orqali o'tgan elektr tokininr miqdoriga to'g'ri proporsional bo'ladi: m = k-Q m — ajralib chiqqan modda massasi; Q — tok miqdori, uning qiymati Q= I * t formula orqali hisoblanadi; I— tok kuchi (Amper), t — elektroliz davom etgan vaqt, sekundlarda. k — elektr kimyoviy ekvivalent deb atalgan proporsionallik koeffitsienti. Agar o'tgan tok miqdori 1 kulon (Q= 1 Kl) bo'lsa, unda m=k bo'ladi. Demak, 1 Kulon tok o'tganda elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektr kimyoviy ekvivalentga teng bo 'ladi. Faradeyning II qonuni. Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o'tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massa miqdori o 'sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga to'g'ri proporsional bo'ladi. Har qanday moddaning 1 ekvivalent miqdorini hosil qilish uchun bir xil miqdordagi elektr toki miqdorini sarf qilish kerak. Bu miqdor tokni Faradey soni (F) deb ataladi. Faradey soni F elektron zaryadining Avogadro soniga ko'paytmasiga teng: Har qanday moddaning bir ekvivalent miqdorini olish uchun eritma yoki suyuqlanma orqali 96485 Kl miqdorda elektr tokini o'tkazish kerak. Moddaning elektr kimyoviy ekvivalenti (k) uning ekvivalentini Faradey soniga bo'lgan nisbatiga teng: k = F E Bu nisbatdan har qanday moddaning elektr kimyoviy ekvivalentini hisoblab topish oson: Download 450.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling