1. Elektromexanikaning qonunlari
_Savol Yarim o‘tkazgichli qurilmalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Download 466.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25_savol To’g’irlagichlar To’g’rilash sistemalarida tekislovchi filtrlar
24_Savol Yarim o‘tkazgichli qurilmalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar: Yarimo'tkazgichli asboblar - yarimo'tkazgichlarda yuz beradigan elektron jarayonlar asosidaishlaydigan elektron asboblar. Elektronikada turli signallarni o'zgartirishda, energetikada esa bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga aylantirishda qo'llaniladi. Vazifasi, ishlash tarzi,materiali, tuzilishi va texnologiyasi, ishlatilish sohasiga qarab tasniflanadi: elektr kattaliklarini ikkinchi elektr ķattaliklariga o'zgartiradigan elektr o' zgartirgich asboblar (diod, tranzistor, tiristor va boshqalar); yorug'lik signallarini elektr signallariga va aksincha aylantiruvchi optoelektron asboblar(optron, fotorezistor, fotodiod, fototranzistor,fototiristor, yarimo'tkazgichli lazer, yorug'lik tarqatuvchi diod va boshqalar), issiqlik energiyasini elektr energiyasiga va, aksincha, aylantiruvchi termoelektr asboblar (termoelement, termoelektr generator, quyosh batareyasi, termistor va boshqalar); magnitoelektr asboblar; pyezoelektr va tenzometrik asboblar (asosiy sinf) va h. k. Integral sxemalar (elektr o' zgartiruvchi va optoelektronli bo'lishi mumkin) ayrim sinfga kiradi Yarimo'tkazgichli asboblar yarimotkazgich materialga qarab, germaniyli, kremniyli va h.k.bo'lishi mumkin. Tuzilishi va texnologik alomatiga ko'ra, Yarimo'tkazgichli asboblar nuqtali va yassi xillarga, ishlatilish sohasiga qarab, yuqori chastotali, yuqori voltli, impulsli va boshqalarga.
25_savol To’g’irlagichlar To’g’rilash sistemalarida tekislovchi filtrlar. Tok va kuchlanish stabilizatorlari. To‘g‘rilagich – bu har xil qutubli o‘zgaruvchan kuchlanishni bir qutubli pulsatsiyalanuvchi kuchlanishga aylantiruvchi kurilma. Bunday qurilma bir tamonlama o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lgan vintellar – kinotron, gazatron va yarim o‘tkazgichli diodlar vositasida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda to‘g‘rilagich sifatida asosan yarim o‘tkazgichli diodlardan foydalanidi To‘g‘rilagich ta’minlash manbaining asosiy qismi hisoblanadi, 1- rasmda shunday ta’minlash manbaining tarkibiy tuzilish sxemasi tasvirlangan.To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish pulsatsiyalanuvchi ya’ni ampliturasi sakrab o‘zgaruvchi bo‘ladi va bunday tok ta’minlanayotgan qo‘rilmaning ish jarayonini bo‘zadi. To‘g‘rilagich chiqishidagi pulsatsiya baholashda pulsatsiya koeffitsenti deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi va to‘g‘rilangan kuchlanish birinchi garmonikasi ampulitudasining o‘zgarmas tashkil etuvchisiga nisbati bilan aniqlanadi. Download 466.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling