27.Nazariya nima?
Nazariya fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va tekshiriladi.Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy g‘oyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid bo‘lgan tajribalardan umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, Yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan ko‘ra olishdan iborat. . Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. SHakliy nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning to‘zilishida namoyon bo‘ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi.Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo‘ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi.
28,52.Tadqiqotning ilmiy farazi nima va uning qanday turlari mavjud
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.
Tadqiqot farazi - bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |