1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
Mayers-Brigss so’rovnomasi
Download 144.02 Kb.
|
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55,99.Shaxsni o’rganishning biografik metodi Biografik metod
54.Mayers-Brigss so’rovnomasi
Meers-Brigs so’rovnomasi. Maqsad: Meers-Brigs so’rovnomasi yordamida shaxs xususiyatlarini organish. Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi Yo`riqnoma. Yo‘riqnoma. Ushbu so‘rovnomada “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” javoblar bo‘lmaydi. Sizning javoblaringiz biror masalaga munosabatingizni va u yuzasidan qaror qabul qilishingiz lozim bo‘lganda nima ish qilishingizni bilishga yordam beradi. Siz o‘zingizning nimaga moyil ekanligingizni (yoki nimalarni afzal ko‘rishingizni), boshqalarning ham nimalarni afzal ko‘rishini bilib, o‘z imkoniyatlaringizni, qanday ishlar sizga huzur-halovat bag‘ishlashini va turli xarakterli kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro qanday muloqot o‘rnatishlarini aniqlaysiz. So‘rovnomadagi har bir savol(tasdiq)ni diqqat bilan o‘qing va o‘zingizga ma’qul bo‘lgan javobni berilgan maxsus blankada belgilang (harfni doiracha ichiga oling). So‘rovnoma matniga hech qanday belgi qo‘ymang. Savollarga uzoq o‘ylanmasdan xayolingizga kelgan birinchi javobni bering. So‘rovnoma ikki turdagi savollardan iborat. Birinchi turdagi savollar javobining shunday variantini tanlashingiz kerakki, u odatda siz nimani his qilsangiz yoki nima ishni bajarsangiz unga mos bo‘lishi zarur. Ikkinchi turdagi savollarda juft so‘zlardan qaysi biri sizga ko‘proq ma’qul bo‘lsa, o‘shani belgilashingiz kerak. Savol-javoblarning shakliga emas, balki mazmuniga e’tibor bering. 55,99.Shaxsni o’rganishning biografik metodi Biografik metod (Yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – - biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bogʼlik boʼlgan xujjatlar orqali oʼrganish) usul; - intervYu (muammoga oid boʼlgan shaxs hayot yoʼlini tadqiq etish, tashxislash, korrektsiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar oʼtmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan.Keyinchalik bunga muhim va kelajakda boʼlishi mumkin boʼlgan hodisalarni (boʼlajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qoʼshimcha biografiya, subʼektning munosabatlar doirasini) qoʼshishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida oʼrganishga asoslangan boʼlib, shaxs rivojining stsenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, maʼnaviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qoʼllashda soʼrovnoma, intervYu, test, yaqinlarining koʼrsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini oʼrganish(xatlari va kundaliklarini, maʼruzalari nutqlarining kontent- tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi.Ushbu metod inson hayot tarixini oʼrganish va baholash usullari, bu hayotni o'tkazganlar nuqtai nazaridan aytilgan yoki xabar qilingan hayotning guvohliklari. Axborot to'plash, xatlar, intervYular, kundaliklar, kuzatuv bayonnomalari va uni tahlil qilish usullaridan iborat.Biografik metodning mohiyati ma'lum bir shaxs qanday mexanizmlar va hodisalar tug'ilishi va kelajakda o'z taqdirini qanday shakllantirish natijasida, savolning javobida yotadi.Biografik metod ilk marotaba Chikago sotsiologik maktabi namoyondalari tomonidan qo’llanilgan. Biografik metod sinaluvchi ichki ruxiy dunyosini tushunish turli xayotiy vaziyatlardagi xulqiy koʼrinishlarni shakllantirish imkonini beradi.Biografik tahlilning o'ziga xosligi uning shaxs, guruh (masalan, oila), tashkilot hayoti aspektlarini sub'ektiv talqin qilishga qaratilganligi hisoblanadi.Voqea-hodisalarni og'zaki yoki hujjatli tasvirlashda rivoyat qiluvchining o'zi nuqtai nazaridan hayotiy voqea sub'ekti ushbu voqealarni boshdan kechirishi, izohlashi va belgilashi shaklida bo'ladi. Download 144.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling