1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Tashqi va ichki validlik nima?


Download 144.02 Kb.
bet40/64
Sana31.03.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1311156
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

56.Tashqi va ichki validlik nima?
Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi.

Tashqi validlik  - ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.


58.V.Vundtning eksperimental psixologiyani fan sifatida rivojlanishidagi o’rni.
Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi.
V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi.
V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan.
V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniy-tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning ob`ekti normal etuk insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda eksperimental psixologiya zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya vujudga kela boshladi. eksperimental psixologiya tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo`llanila boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.



Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling