1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Download 144.02 Kb.
bet48/64
Sana31.03.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1311156
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

Sinaluvchiga ko‘rsatma: “Quyidagi juft–juft ta’kidlardan o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bittasini tanlang”.
Sub’ektiv lokal nazorat ko‘rsatkichi sinaluvchi internal lokus nazorat darajasini o‘lchashga xizmat qiluvchi bandlar bo‘yicha to‘plangan ball asosida hisoblab topiladi. Bunda 26 ball maksimal darajadagi eksternal nazoratga muvofiq keladi.
So‘rovnoma 300 nafar talaba bilan standartlashtirilgan: o‘rtacha ball – 14, 2; standart og‘ishish darajasi –4,4.


70,95.Shmishekning xarakter aksentuatsiyasini aniqlash metodikasi
SHmishekning xarakter aksentuatsiyasini aniqlash metodikasi.
Maqsad: SHmishek metodikasi yordamida shaxs xarakter aksentuatsiyasini aniqlash
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
(Shmishek so‘rovnomasi)
Shaxs aksentuatsiyasiga tashxis qo‘yish uchun mo‘ljallangan so‘rovnoma. So‘rovnomaning ilmiy asosi K.Leongardning “Shaxslar aksentuatsiyasi” kontsepsiyasi. Shaxs xususiyatlari asosiy va qo‘shimchalarga bo‘linadi. Asosiy xususiyatlari shaxsning negizini tashkil etadi. Asosiy xususiyatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan bo‘lsa xarakter aksentuatsiyalangan hisoblanadi. K.Leongard ta’biri bilan asosiy xususiyatlar bo‘rtib chiqqan shaxs “Aksentuatsiyalangan” deyiladi. “Aksentuatsiyalangan shaxs” atamasi psixopatiya va norma oralig‘ida joylashgan. Aksentuatsiyalangan shaxslar patologik shaxslar emas, lekin nomaqbul ta’sirlar natijasida aksentuatsiya patologik tus olib shaxs strukturasini vayron qilishi mumkin.
So‘rovnoma 10 shkaladan iborat, K.Leongardning aksentuatsiyalangan shaxslarning 10 tipiga asoslanib tuzilgan 88 savollarga “ha” yoki “yo‘q” debjavob berish kerak.
Ko‘rsatma: “Shaxsingizni turli tomonlariga tegishli 88 savolga javob berishingizni taklif etamiz. “Ha” degan javob o‘rniga +, “Yo‘q” degan javob o‘rniga - belgisini qo‘ying. Uzoq o‘ylamasdan tez javob bering.
Ko‘paytiruvlardan so‘ng ballar jami maksimum - 24. Ba’zi manbalarga ko‘ra 12 baldan yuqori ko‘rsatkich aksentuatsiya belgisi hisoblanadi.
Boshqalar, savolnomani amaliyotda qo‘llash asosida 15 balldan 19 ballgacha bo‘lgan ko‘rsatkich u yoki bu aksentuatsiya tipiga tendensiya borligi haqida so‘z yuritadilar va faqat 19 balldan yuqori ko‘rsatkich xarakteri aksentuatsiyalangan deb ko‘rsatadi. Olingan ko‘rsatkichlar “shaxsning aksentuatsiyalangan profili” namoyon etilishi mumkin.
Bu test bo‘yicha ko‘pchilikning ko‘rsatkichlari o‘rta me’yordan chetga chiqmaydi. Sizni natijangiz 19 balldan yuqori bo‘lmasa, gap sizning shaxsingiz aksentuatsiyasi haqida emas, faqatgina xarakter va temperamentning alohida xususiyatlari haqida bo‘ladi. Shu bois biror-bir aksentuatsiyaning tavsifini o‘zingizni shaxsiy tavsifnomangiz deb qabul qilmang. esda tuting, psixologiyada shaxsning yaxshi yoki yomon xususiyatlari yo‘q. Sizni boshqalardan yoki boshqalarni sizdan farqlaydigan individual xususiyatlar bor xolos. Sizning kayfiyatingiz, ruhiyatingiz, ba`zan shu xususiyatlarning qanday qabul qilishingizdan, boshqalarga zarar etkazmasdan o‘zingizni foydangizga ishlata bilishingizga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazaran yaxshi va yomon xususiyatlar bo‘lmaydi degan printsipga asoslansak “ayb qilma” degan jumlani tushunishimiz mumkin.
Leongard tomonidan belgilangan aksentuatsiyalangan haxslarning 10 tipi 2 guruhga bo‘lingan: xarakter aktsentuatsiyasi (namoishkor, pedantik, botib qoluvchi, qo‘zg‘aluvchi) va temperament aktsentuatsiyasi (gipertimik, distimik, xavotir-qo‘rquvchan, tsiklotimik, affektiv, emotiv)

Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling