Referati xarakter va shaxs Reja: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari


Download 88.5 Kb.
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1067774
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BARNO


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI AXBOROT-XAVFSIZLIGI YO’NALISHI 640-20 GURUH TALABASI BXODIRJONOVA BARNOXONING PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA FANIDAN BAJARGAN
REFERATI
Xarakter va shaxs
Reja:

  1. Xarakter haqida tushuncha.

  2. Xarakterning fiziologik asoslari.

  3. Shaxsningning tuzilishi.

  4. Shaxsning tarkib topishi.


Tayanch iboralar: Xarakter haqida tushuncha. Xarakter hislatlari - undovchi kuch sifatida. Oliy nerv faoliyati tiplari va xarakter. Xarakterdagi individuallik va tipiklik. Xarakterning tuzilishi, simptomlar kompleksi va uning xususiyati. Xarakter va faoliyat. Kishilar xarakteri toifalari haqidagi nazariyalar tahlili (Leongard, Le Senn va boshqa nazariyalar).
Shaxs xulq-atvori va xarakterining etnopsixologik xususiyatlari va ularni ta`lim va tarbiya jarayonida hisobga olish.
Xarakterni tarbiyalash va shakllantirishning psixologik asoslari .

Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak-teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o`rganadi. Uning amaliy yo`nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o`sishiga yor-dam beruvchi bir qancha jabhaiarni o`ziga qamrab oladi va tekshiradi.


Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe¬rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig`indisi, iroda, faoliyat rnotivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyanari va shu kabilar kiradi.
Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya-tida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi taassurotlar, o`trhish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq¬sad va tilaklar, mulohaza, fikrva muammo, emotsional kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi.
Ruhiy olam, uning sur`ati, mazmuni* shakli, ko`lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon bo`lishi kuzatiladi. Shuning uchun boisa kerak, insonlar tabiat hodisa-lariga, ta`sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil j^oki qiyinchilik bilan javob q^ytarishga moyillik ko`rsatadilar.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera-mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risi dagi talqinlar xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera¬ment lotincha «temperamentum» degan so`zdan olingan bo`lib, bu-* ning ma`nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperament to`g`risidagi dastlabki ta`limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan awalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo`llanib kelinmoqda.
Temperamentga ta `rif beradigan bo `Isak, u shunday ko `rinishda bo `ladi: psixikaning individual jihatdan o `ziga xos, tabiiy shartlash-gan dinamik ko `rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
Temperamentning flziologik asoslari Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta`limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o`zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a`zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog`liq. Gippokrat ta`biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik (xilt) mayjud bo`lib, ular o`t yoki safro (yunoncha chole), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o`t (yunoncha melas - qora, chole - o`t), bal-g`am (yunoncha - phlegma) kabilardan iboratdir. Uning mulohaza-siga:
1) o`tning xususiyati - quruqlik, uning vazifasi tana a`zolaridagi quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutish;
2) qonning xususiyati - issiqlik, uning vazifasi tanani isitib turish;
3) qora o`tning xususiyati - namlik, uning vazifasi tana namligini saqlab turish;
4) balg`amning (shilimshiq moddaning) xususiyati - sovuqlik,
uning vazifasi badanni sovutib turishdan iborat.
Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Tempera¬mentning fiziologik asoslariga o`zining ulkan hissasini qo`shgan olimlardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi.
I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining indi¬vidual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog`liq bo`li-shi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta`limoti bo`yicha, shartli reflekslar paydo bo`lishining individual xususiyatlari ro`yobga chiqishining sabablari asab tizimi xususiyatlari mohiyatidandir.

Muallif asab tizimining uchta asosiy xususiyatiga alohida aha-miyat beradi, chunonchi: 1) qo`zg`alish jarayoni va tormozlanish (to`xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozla¬nish kuchi o`rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvoza-natlashgani); 3) qo`zg`alishning tormozlanishi bilan almashinish tezli-gi (asab jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko`rsatishicha, har bir hayvonning temperamenti ham mazkur xususiyatlarning u yoki buni-siga aloqador bo`lmay, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga bog`liqdir.


I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to`rtta turga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b)kuchli, muvozanatsiz, epchil; c) kuchli, muvozanatli, sust; d) kuchsiz tur.
Gippokratning to`rt xil modda (suyuqliklar) aralashmasi, ya`ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma`noda hozirgi zamon psixologiyasi-da ham qo`llanib kelinmoqda.
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko`pligi bilan tavsiflanadi) sangvinik temperament deb ataladi (lotin tilidagi «sang-vis» - qon so`zidan); limfa ko`p bo`lganda flegmatik temperament (yunoncha «flegma» — shilimshiq parda degani); sariq o`tning ko`pay-ganligini xolerik temperament (yunoncha «xola» - o`t so`zidan); qora o`t ko`p bo`lganda melanxolik temperament deb (yunoncha «melayna xole» - qora o`t) deb ataladi.
Kishi temperamenti haqidagi tasavvur, odatda, shu shaxsning ayrim psixologik xususiyatlari asosida vujudga keladi.
Sezgilari psixik faollikka ega bo`lgan, atrofda bo`layotgan vazifa-larga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o`zgartirishga intiluvchi, ko`ngilsizliklarni nisbatan yengil o`tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo`lgan kishi sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqurroq his-tuyg`ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo`lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.
Juda g`ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega
bo`lgan, tez va shiddatli, qizg`in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o`zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling