Referati xarakter va shaxs Reja: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari


Download 88.5 Kb.
bet2/5
Sana27.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1067774
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
BARNO

XARAKTER HAQIDA TUSHUNCHA.
Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi.
Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k.
Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a`zosi bo`lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi.
Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin.
Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi.
Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxsning munosabatlarigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya`ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog`liq. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin.
Xarakterning ko`p xislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan harakatning turli usullariga moyil bo`ladilar. Bu erda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta`siri ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha harakat qila olmaydi.
Maqsadga nomuvofiq, lekin odam uchun xarakterli bo`lgan harakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo`r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan aniq nomoyon bo`ladi. Shuning bilan birga, agar odam uchun xarakterli bo`lgan harakatlar usuli mazkur sharoitda maqsadga muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir qolipdagi, stereotip harakat usullaridan majburiy foydalanish hollariga qaraganda ancha ko`p kuch-quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi.
Shunday qilib, agar xarakter xislatlari ob`ektiv sharoitlar talabiga qarshi harakat qilishga undaydigan bo`lsa, odamning xarakter xislatlari o`ziga xalaqit berishi mumkin. Aksincha bo`lsa kishi ijodiy ish qila oladi, o`z kuchlaridan samarli foydalana oladi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling