Antifungal xususiyatlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
22-26
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti E-mail: msaydaliyev5@gmail.com Annotatsiya.
- Kalit soʻzlar.
ISSN-2181-3426 www.re-search.uz 22 | V o l u m e 1 , I s s u e 1 . BIR HUJAYRALI MIKROSUVO‘TLARINING ANTIBAKTERIAL VA ANTIFUNGAL XUSUSIYATLARI Maxmudova Muazzam Sobir qizi, Muxtorova Baxora Farxodjon qizi, Ismailov Zafar Fayzullayevich. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti E-mail: msaydaliyev5@gmail.com Annotatsiya. Maqolada bir hujayrali mikrosuvo‘tlar tarkibidagi biofaol moddalar, ularning antiviral antibaterial va antifungal xususiyatlari bayon qilingan. Mazkur ma’lumotlar farmakologik xususiyatlarga va yangi ta’sir mexanizmlariga ega bo‘lgan moddalar izlash va ularni tabiiy obyektlardan, shu jumladan , suvda yashovchi mikrosuvo‘tlaridan olish imkonini beradi. Kalit soʻzlar. Scenedesmus, Ankisrodesmus, bakteriya, antioksidant, zamburug‘, antibacterial, antifungal. Kirish. Hozirgi kunda mikroblarga qarshi (antibakterial va zamburug‘larga qarshi) samarali preparatlarni ishlab chiqish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST axborot byulleteni. 2016 y. oktyabr) ma’lumotlariga ko‘ra mikroblarning ularga qarshi qo‘llaniluvchi preparatlarga chidamliligi (rezistentlik) butun jahon sog‘lig‘ini saqlash oldida katta xavf solmoqda. Bu xavf odamlarga istalgan mamlakatda istalgan yoshida ta’sir etishi mumkin. Antibakterial va zamburug‘larga qarshi preparatlarga chidamlilik bir qator muammolar – davolash muddatining uzayishi, tibbiy xarajatlarning oshishi va o‘lim holatlarining ortishiga olib keladi. Shunga asosan mikroorganizmlar rivojlanmaydigan farmakologik xususiyatlarga va yangi ta’sir mexanizmlariga ega bo‘lgan moddalar izlash, ularni tabiiy obyektlardan , shu jumladan, suvda yashovchi suvo‘tlaridan olish hozirda dolzarb masalalardan hisoblanmoqda. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling