Antifungal xususiyatlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
22-26
ISSN-2181-3426
www.re-search.uz 24 | V o l u m e 1 , I s s u e 1 . E vitamini, yog‘da eriydigan birikmalarni va antioksidant xususiyatlarga ega polifenollar to‘plashi mumkin[14]. Mikrosuvo‘tlar biomassasi antioksidantlarni himoya qilish strategiyasining bir qismi bo‘lgan ko‘p komponentli antioksidant tizim va ular o‘rtasida hosil bo‘lgan o‘zaro ta’sir tufayli, odatda, sof birikmalarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Mikrosuvo‘tlar va sianobakteriyalar ko‘plab qimmatli birikmalarning, shu jumladan antiviral, antibakterial, antifungal va saratonga qarshi ta’sirga ega muhim biologik faol birikmalarning yaxshi manbalari hisoblanadi.Optimal o‘sish sharoitlari va stress omillari sharoitida suvotlar biomassasi potentsial bioaktiv birikmalarning turli xillarini ishlab chiqaradi. Scenedesmus obliquus ekstraktlarining turli xil antibakterial faollik va ta'siri grammusbat bakteriyalarga nisbatan yuqori . S. obliquusning mikroblarga qarshi ta'siriga bag‘ishlangan bir nechta tadqiqotlardan ko‘rinadiki metanol ekstraktlari bilan fosfor konsentratsiyasi Staphylococcus aureusga nisbatan eng katta ingibirlash zonasini hosil qiladi. Dietil efir xrom ekstrakti S.typhi va P. aeruginosani ingibirlaydi. Suvli, xloroform, etil asetat va geksan ekstraktlari zaifroq antimikrobiyal ta'sir ni vujudga keltiradi.[14]. Etil asetat ekstrakti S. aureusga qarshi va E.coliga faol, etanol ekstrakti esa faol emas edi [15]. Lipidlar va yog ' kislotalari S.aureusni ingibirlaydigan mikrosuvo‘tlarning kultural muhitida mavjud emas.Metanol ekstrakti B.subtilis, E.coli ga qarshi hujayradan tashqari supernatant, P.fluorescens, C.albicans yoki Saccharomyces cerevisiae [16], shuningdek, etanol, metanol va biomassadan geksan ekstraktlari va supernatant vibrionga nisbatan har qanday faollikni ko‘rsatadi. Antioksidant fermentlar - superoksid dismutaza, glutation peroksidaza, glutation reduktaza va katalazalar hisoblanadi. Xulosa Mikrosuvo‘tlari hozirda o‘zining tanasida oqsil moddasini eng katta saqlaydigan organizm hisoblanadi. Bundan tashqari mikrosuvo‘tlari o‘zida inson nafaqat inson balkim barcha tirik mavjudot (yiriklari) uchun hayot faoliyati davomida kunlik va xayotiy faoliyat maromida kerak bo‘ladigan makro- va mikroelementlarni yuqori saqlaydi . Ular keng tarqalgan ozuqaviy moddalar sifatida ishlatiladi va shuning uchun boshqa parhez qo‘shimchalari yoki dorilar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Darhaqiqat, ko‘plab tadqiqotlar Scenedesmus, Ankisrodesmus suvo‘tlari himoya fermentlari va antioksidant molekulalariga , shu jumladan taninlar, askorbin kislotasi, tokoferollar, karotinoidlar, fosfolipidlar, xlorofill bilan bog‘liq birikmalar, bromofenollar, katexinlar, polisaxaridlar va boshqalarga boy ekanligini ko‘rsatdi. Mikrosuvo‘tlar va sianobakteriyalar tabiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling