1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Psixodiagnostikaning turlari va bosqichlari


Download 144.02 Kb.
bet5/64
Sana31.03.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1311156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

6.Psixodiagnostikaning turlari va bosqichlari
L.S.Vigotskiy bo'yicha psixologik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnoz empirik diagnoz deb ham ataladi. Bunda tashxis qo‘yish muayyan belgi yoki xususiyatlarni ta’kidlash bilan cheklanadi va uning asosida amaliy xulosalar chiqariladi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bunday tashxis ilmiy hisoblanmaydi, chunki belgilarni aniqlash avtomatik tarzda bevosita tashxis qo'yishga olib kelmaydi.
Psixologik tashxis rivojlanishining ukkinchi bosqichi etiologik tashxis qo'yish bo‘lib, bunda shaxsning muayyan xususiyatlari va belgilarning mavjudligi hisobga olinib qolmay, balki ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham inobatga olinadi.
Eng yuqori bosqich - tipologik bosqich hisoblanadi. Bunda qo'lga kiritilgan ma’lumotlarning shaxs tuzilishidagi o‘rni va ahaniyati belgilanadi.
Masalan, 1 .Simptomatik diagnoz: “Diqqat yetishmovchiligi lindromi va giperaktivlik”
2.Etiologik diagnoz: “Genetik hamda ijtimoiy-psixologik omillar (prenatal, postnatal rivojlanishda - bolaning muddatdan oldin tug‘ilishi; toksikoz va infeksiyalar ta’siri; toksik, zaharli moddalar ta’siri; MNT ining buzilishi; gipoksiya va anoksiya, y’ani vaznning haddan ortiq yoki каш bo‘lishi; ota-onalar o‘rtasidagi emotsional murakkabliklar; moddiy sharoitlaming og'irligi; psixik deprivatsiya; o‘zlashtirmaslik va hokazolar) ta’sirida kelib chiqqan diqqat yetishmovchiligi sindromi va giperaktivlik”.


7. Eksperimentator shaxsiga qo'yiladigan talablar
Psixodiagnostika - bu psixologning kasbiy faoliyatidagi niurakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Psixodiagnostika sirlarini saqlash.
Psixodiagnostik metodikalaming ilmiy asoslanganligi.
Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
Xulosalaming ob'ektivligi.
Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili - sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog'at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir.
Psixodiagnostik metodikalaming ilmiy asoslanganlik tumoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo'yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalaming ob'ektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odaraning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo’lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkaziligan bo’liishi shart.
Psixodiagnostika bilan shug‘ullanuvchi odamlarga maxsus malakaviy talablar qo‘yiladi. Asosiylari quyidagilardir:
nazariy tayyorgarlik;
psixodiagnostik metodikalarni va ularni o‘tkazish shartsharoitlarini mukammal bilishi;
biron-bir metodikani amaliyotda qo‘llay olishda zaruriy tajribaga ega bo’lishi.
Eksperimentator biron-bir psixologik testni mukammal o‘zlashtirib olmagan bo‘lsa va hech bo’lmaganda o‘zida boshqa bir odamda sinab ko‘rmagan bo‘lsa, uni qo‘llashga haqli emas. Bundan tashqari, psixodiagnostik metodikalarni qo‘llashning shart-sharoitlariga qat'iy amal qilish shart.



Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling