1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
Download 144.02 Kb.
|
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat m etod i
- Psixologik intervyu
- Sotsiometriya
O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.
O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. Bunda o‘zini kuzatish bilan olimning o‘zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Sinaluvchilarga alohida ko‘rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, so‘zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o‘zaro solishtirilib, hosil bo‘lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o‘z javoblarida tashqi ob’ektlarni tasvirlovchi atamalarni qo‘llamay, bu ob’ektlar sababli yuzaga kelgan o‘z his-emotsiyalari va ularning sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak. Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo‘nalishi – psixosintezning asoschisi – italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori oliy «Men» bo‘lib, uning qo‘l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan qismlari. Inson o‘zining ichki olamini ko‘zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik bo‘lmagan jo‘rovozi mavjudligi ma’lum bo‘ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni kashf etish metodi sifatida o‘zini kuzatish asosiy o‘rin egallaydi. Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. SHakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: - verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra); - blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra; - asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); - kompyuter testlari. Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi: 1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash; 2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB). 6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin. 8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita. 9. Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Download 144.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling