1. Energiya zaxiralari. Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya zaxiralari. Energiya zaxiralarining iste’moli
Download 1.17 Mb.
|
Shamol energiyasi. Shamol insonlar tomonidan o’zlashtirilgan eng birinchi energiya manbalaridan biri hisoblanadi. SHamolning energiya zapaslari daryolarning gidro Energiyasidan 100 barobar ko’p, lekin bugungi kunda dunyo bo’yicha 10 7 MVt. soat energiya ishlab chiqiladi. Bu ko’rsatgich dunyo energobalansining 0,001 foizini tashkil qiladi. Butun dunyo shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha turli dasturdan ishlab chiqilgan. Hozir olimlar va injenerlar qishloq xo’jaligi hamda sanoat entiyojlari uchun texnika janatidan takomillashtirilgan, kuchli va ishonchli shamol dvigatellarining konstruksiyalarini yaratdilar.
SHamol energiyasi qurilmalarini 2 turga bo’lish mumkin: 1. SHamol mexanik; 2.shamol energetik. 1930 yilda shamolli energetik qurilmaning loyixasi ishlab chiqildi va keyinchalik Qrimda jaxonda birinchi 100 kVt quvvatga ega, diametri 30 metr ga ega bo’lgan shamol gildiragi o’rnatildi. Shamol uskunasini o’rnatishdan oldin shamol tezligi aniklanadi. SHamol tezligi 5 m/sdan yuqori bo’lishi lozim va u qanotli hamda cho’michli bo’lishi mumkin. SHamol uskunasi kanotlarini o’rnatilishiga ko’ra, u ko’ndalang va tik turlariga bo’linadi. SHamol uskunasining asosiy vositalariga quyidagilar kiradi: qanotlarularning o’zunligi shamolning ta’sir doirasidan kelib chikadi. Ustun- balandiligi tik yo’nalishdagi shamol harakati tezligidan kelib chiqadi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi turli jihoz va qurilmalar. Shamol, quyosh tomonidan bizning planetamizni turli nuqtalarini turli harorat hisobiga isitish natijasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari Quyoshning er sathiga to’g’ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya imkoniyatiga egadir. Yuqorida ta`kidlanganidek organik yoqilg’ining hosil bo’lishi bir tomondan quyosh energiyasining tabiiy o’zgarishi natijasida bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p yuz yilliklar davomida barcha geologik formatsiyalarda o’simlik va hayvonot olami qoldiqlariga mexanik, biologik va issiqlik ta`siri natijasidir. Bu yoqilg’ilarning hammasi uglevod asosiga ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO2) hosil bo’lishi jarayonida ajralib chiqadi. Zamonaviy tabiatdan foydalanishda energetik resurslar uch guruhga taqsimlanadi bular: energiya oqimi va aylanishida ishtirok etuvchi (Quyosh, kosmik energiya va boshqalar), saqlanyotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo) va sun`iy faollashgan energiya manbalari (atom va termoyadro energiya). Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling