1. Energiya zaxiralari. Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya zaxiralari. Energiya zaxiralarining iste’moli


Download 1.17 Mb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1592843
  1   2   3   4   5   6

Energetika zaxiralaridan foydalanish jarayonlari
Reja:


1.Energiya zaxiralari.
2.Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya zaxiralari.
3.Energiya zaxiralarining iste’moli.
4.Noan’anaviy qayta tiklanuvchan energiya manbalari (NQTEM).
1. Energiya zahiralari
Energiya - tabiat hodisalarining insoniyat madaniyati va turmushining asosi.
O’z navbatida energiya materiya harakat turlarining, bir xildan ikkinchi xilga aylanishning miqdoriy bahosi. Energiya turi bo’yicha mexanik, kimyoviy, elektr, yadroviy va hakozolarga bo’linadi.
Insoniyat amaliyotida foydalanish uchun yaroqli material ob’ektlarida mujassamlangan energiya - energiya zahiralari deb nomlanadi. Tabiatda ko’p uchraydigan energiya zahiralaridan asosiylari katta miqdorda amaliy ehtiyojlarga ishlatiladi. Ularga organik yoqilg’ilar, ko’mir, neft, gaz kabi okean, dengiz va daryo energiyasi, quyosh, shamol va hakozo energiya turlari kiradi.
Energiya zahiralari tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga bo’linadi.
Energetika resursi deb – tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin bo’lgan energiya tashuvchilardir.
Yoqilg‟i-energetika resurslari (YOER) – bu material ob`ekt bo’lib, unda inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to’plangan.
Bu majmuaga yoqilg’i (yoqilg’ini qazib olish va unga ishlov berish), elektroenergetika hamda kimyo sanoatlari kiradi. Elektr energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, geotermal, issiq buloqlar energiyasi kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo’llarini izlamoqda.
T abiiy resurslarni, shu jumladan energetika resurslarini, o’rganishda ularning ilmiy tasnifi, ya`ni xomashyo, ob`ektlar va tabiiy muhit hodisalar yig’indis ini funktsional muhimlik belgilari bo’yicha ajratish kerak.
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo’lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo’linadi (1-Rasm). O’z navtabatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo’lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (er, o’simliklar, xayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to’plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo’lmaydigan resurslar (neft, ko’mir va boshqa er osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan Quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari Quyosh energiyasini tabiiy o’zgartirish natijasidir. Ko’mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog’ jinslari va o’tinlar – bu o’simliklar tomonidan olingan va o’zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaktsiyasi jarayonida atrof-muhitning noorganik elementlaridan, ya`ni, suv (N2O) va karbonot angidrit gazi SO2 lardan quyosh nuri ta`sirida o’simliklarda asosiy elementi uglerod(S) bo’lgan organik modda hosil bo’ladi. Million yillar o’tgandan so’ng, ma`lum geologik davrda, bosim va harorat rejimi ta`sirida, qotib qolgan o’simliklardan asosini oldin o’simliklarda yig’ilgan uglerod tashkil etadigan organik energetik resurslar hosil bo’ladi va bu erga tushayotgan quyosh energiyasining aniq miqdori natijasida amalga oshadi. Suv energiyasi ham suvni bug’lantiradigan va bug’ni atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo’ladi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling