1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


J.Joysning ‘’Uliss’’ F.Kafkaning ‘’Jarayon’’ asarlarida ekzistensializm talqini


Download 50.71 Kb.
bet15/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
24mavzu

19.J.Joysning ‘’Uliss’’ F.Kafkaning ‘’Jarayon’’ asarlarida ekzistensializm talqini

Birinchi jahon urushining insoniyat boshiga yogʻdirgan kulfat va talofatlari, “proletar inqilobi”ning gʻalabasi Yevropani parokandalikka olib keldi. Adabiyot va sanʼatda gegemon hisoblangan romantizm va realizm oqimlari maydondan chiqib ketdi. Oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida poeziyada syurrealizm (Giyom Apolliner va uning izdoshlari), prozada modernizm (Marsel Prust va boshqalar) oqimlari yetakchilikni qoʻlga oldilar. Prustdan keyin Yevropa modern adabiyotining shakl-shamoyilini, uslubiy yoʻnalishlarini F. Kafka, J. Joys, T. Mann, V. Vulf kabi romannavislar davom ettirib, takomillashtirdilar. Ular qalamiga mansub “Jarayon”, “Uliss”, “Doktor Faustus”, “Missis Dellouey” romanlari XX asr modernizm prozasining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi, turli modernistik oqimlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi.Irlandiyalik yozuvchi Jeyms Joys (James Joyce, 1882–1941)ijodi, ayniqsa, uning “Uliss” (Ulysses, 1921) romani jahon adabiy jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab boʻldi. Oʻtgan yillar davomida roman haqida koʻplab maqola va tadqiqotlar yaratilgan boʻlsa-da, adabiy tanqidchilikda u haqda hanuzgacha yakdil bir fikrga kelingani yoʻq, toʻgʻrisi, bir toʻxtamga kelish ham amri mahol. Sababi, muallifning oʻzi roman haqida “… shunchalik koʻp boshqotirma va topishmoqlarni yigʻdimki, asrlar boʻyi olimlar ularni yecha olmay bosh qotirsinlar, bu mening abadiy oʻlmas boʻlishimga kafolatdir”, deya yozgan edi.Ha, Joys taʼkidlaganidek, “Uliss” romanining matni boshqotirmalardan iborat, “ingliz adabiy tilida yozilmagan, umuman yozilmagan… u faqat koʻrish va eshitishga moʻljallangan” (Semyuel Bekket) matndir. Shu bois asar yaratilgandan keyin fransuz va italyan tillariga toʻliq tarjima qilingan boʻlsa-da, Yevropadagi boshqa tillarga tarjima qilinmadi. Undan ayrim parchalarni rus va gruzin tarjimonlari oʻz tillariga oʻgirishga muvaffaq boʻldilar. Sotsrealizm qolipidagi sovet adabiyotshunosligi romanni “XX asrning eng maʼyus, pessimistik ruhdagi asarlardan biri – “Uliss” romanida oʻzining toʻliq ifodasini topgan Joysning nigilizmi (har qanday meʼyor, prinsip va qonunlarni inkor etish – M. X.) modernizm “evangeliye”siga aylandi (V. Ivasheva)”, deya subʼyektiv tarzda baholab, uni tarjima qilishga shoshilmadi. Faqat oʻtgan asrning 80-yillari oxirida adabiyot va sanʼatda roʻy bergan “qayta qurish”, demokratik oʻzgarishlar yuzaga kela boshlagan paytda M. Prust, J. Joys, F. Kafka ijodini oʻrganish, asarlarini tarjima qilishga kirishildi. Nihoyat, “Inostrannaya literatura” jurnalining 1989 yil sonlarida “Uliss” romanining ruscha tarjimasi bosildi. Tarjimonlar V. Xinkis va S. Xorujiyning uzoq yillar olib borgan mashaqqatli mehnatlari oʻz samarasini berdi. Oradan qariyb yigirma yil oʻtib, “Uliss” romanining oʻzbekcha tarjimasi yaratildi va “Jahon adabiyoti” jurnalining 2008 yil sonlarida bosildi.Fursat kelganda, “Uliss” tarjimoni Ibrohim Gʻafurovning “Unutilmas Ozod Sharafiddinov oʻzbek kitobxoni Joysni orzulagan va Nitsshe, Markes va Joysni (“Zardoʻsht tavallosi”, “Buzrukning kuzi”, “Uliss”) tarjima qilishni bizning zimmamizga yuklagan edi”, degan soʻzlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir. Ibrohim Gʻafurov ustoz Ozod Sharafiddinov yuklagan uch vazifaning uddasidan chiqdi, uch asar tarjimasini oʻzbek kitobxoniga tortiq qildi. Darvoqe, tarjima haqida matbuotda ijobiy fikrlar bildirildi, shuningdek, ayrim mulohazalar ham aytib oʻtildi. Bugun “Uliss” romanining soʻzboshi (professor. Akmal Saidov), soʻngsoʻz va izohlar bilan taʼminlangan, chiroyli jildli tarjimasi kitob javonimizdan oʻrin oldi*.“Uliss”dek qomusiy xarakterga ega yirik asar tarjimasi haqida atroflicha fikr yuritish, uni toʻgʻri baholash bir maqola hajmiga sigʻmaydi. Qolaversa, tarjimani toʻliq tahlil qilish yirik monografik tadqiqotni talab etadi. Biz ushbu taqrizimizda Joys uslubi bilan bogʻliq ayrim holatlarning tarjimada qay tarzda berilishi xususida fikr yuritmoqchimiz.
“Uliss”ning aksariyat qismi impressionistik ruhdagi stenogramma shaklida yozilgan boʻlib, bu asosan matnda “ong oqimi”ni aks ettirish niyatida qoʻllanilgan. Romandan olingan quyidagi parchaga eʼtibor qarataylik: “Ostonada u (Blum – M. X.) shimining orqa choʻntagini urib koʻrdi, tashqi eshikning kaliti turibdimikin? Yoʻq-ku. Anavi yechib qoldirgan shimda, shekilli. Uni olish kerak. Kartoshkamiz bor. Javon gʻichirlayapti. Uni (Mollini – M. X.) uygʻotib yubormay. Hozirgina toʻshakda u yoqdan-bu yoqqa agʻdarildi. U nihoyatda ehtiyotkorlik bilan eshikni yopdi. Uni ostonagacha taqab qoʻymadi. Tashqaridan yopiqqa oʻxshab koʻrinadi. To kelgunimcha hech narsa qilmaydi” (“Uliss sarguzashtlari”, 87-bet).Joys sharhlovchilari muallifning ushbu uslub vositasida oʻtmish adabiyotidan foydalanib, misollar axtarishni oʻziga xos oʻyinga, ermakka aylantirgan, degan fikrga boradilar. Joys oʻz uslubi va yozuv texnikasini fransuz adibi E. Dyujarden (Édouard Dujardin, 1861–1949) ning “Lavr yaproqlari kesildi” (Les lauriers sont coupés”, 1888) romani taʼsirida kashf qilganini inkor etmaydi. Aslida esa koʻchirma gapni birinchi shaxs nomidan hikoya qilish orqali hayotni tasvirlashga uringan yozuvchiga ichki monologning u yoki bu shakliga murojaat qilishiga toʻgʻri kelgan. Joys romanda ushbu uslubdan keng foydalangani uchun ham (“Uliss”ning oxirgi 18 epizodi bundan mustasno – M. X.) matn diqqat-eʼtiborimizni oʻziga jalb etadi. Ayni paytda, muallif ushbu uslubni qoʻllashga harakat qilgan boshqa yozuvchilardan alohida ajralib turadi.


Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling