OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI
MADRAHIMOV JAVOHIRNING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
TA’LIMDAGI MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASH
TIZIMINING TUBDAN ISLOHI OMILLARI MAVZUSIDA
YOZGAN
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N
BAJARDI: MADRAHIMOV J
NUKUS_2022
MUNDARIJA:
KIRISH 3
I BOB. TA' LIMDAGI MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMI
1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi 5
1.2. Kamchiliklar va muammolar 7
II BOB. TA' LIM TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISH OMILLARI
2.1 Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari 15
2.2. “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi 26
III XULOSA 29
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 30
KIRISH
Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan - yilga ortmoqda. O’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb - hunar kollejlari, akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy - texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob - uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q. Davlat ta’lim standartlari talabalariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun yangi texnika vositalaridan foydalanish lozim bo`ladi. O`qitiladigan fanlar saviyasi kadrlar saviyasiga juda kata ta’sir etadi. Darhaqiqat, Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |