Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti -g fizika guruh talabasi madrahimov javohirning fizika


Download 204.32 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi204.32 Kb.
#1013076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Madrahimov Javohir 2-G fizika

Kurs ishining dolzarbligi:. Fizika-tabiat hodisalarini tajriba yo’li bilan o’rganadigan eksperimental fandir. Ma’lumki, fizikaviy eksperimentning ilmiy va o’quv turlari mavjud. Hali o’rganilmagan fizik jarayon, hodisa va qonunlar ilmiy tajribalar yordamida o’rganiladi (ochiladi). Hozirgacha aniq bo’lgan, nazariy va tajribaviy yo’l bilan asoslangan (isbotlangan), fizik jarayonlar, hodisalar va qonunlar fizika fanining tegishli o’quv dasturlari bo’yicha ta’limning turli bo’g’inlarida, turli mashg’ulotlarda o’qitilmoqda. Mashg’ulotning ma’ruza va labaratoriya turlarida mos ravishda, o’qituvchi va o’quvchi (ta’laba) tomonidan o’quv tajribalari o’tkaziladi. Shundan kelib chiqqan holda o’quv tajribalari demonstratsion (namoyish) va labaratoriya tajribalari deb ataladigan turlariga bo’linadi. O’quv tajribalari ta’limning barcha bo’g’inlarida-umumiy o’rta ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida ta’lim oluvchilarining fizikaviy fikrlash qobiliyatining rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.
Kurs ishining maqsadi: Turli mutaxassisliklarga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishidagi akademik litseylarda fizika o’rnini aniqlash, fizika kursida olamning zamonaviy ilmiy manzarasini shakllantirishda mexanik to’lqinlarning muhim qonuniyatlarini zamonaviy metodlar yordamida o’rgatish hamda fizika kursida mexanik to'lqinlar bobini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar yordamida o’qitishning samarali yo’larini ko’rsatishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: Turli mutaxassisliklarga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishidagi akademik litseylarda mexanik to’lqinlarni zamonaviy metodlar yordamida o’rgatish.
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o’rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;
- Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash;
- Fizika fanlarini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o’zlashtirish.

Download 204.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling