O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma'ruza taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu: Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari 2 soat ma’ruza mashg’ulot
- Tayanch tushunchalar
- Metodika
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Pedagogika fakulteti 1-mavzu: Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari 2 soat ma’ruza mashg’ulot Yo’ldosheva Dilfuza-Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi REJA: Metodika tushunchasi Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati . Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch tushunchalar: Metodika metodologiya Fanning
predmeti gumanizatsiya Fanning rivojlanish boskichlari
Mavzu bo’yicha uslubiy materiallar:
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Metodika - ta'lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o’rni , uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogik - psixologik fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir. Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi. Pedagogik metodologiya o’z ichiga
quyidagilarni oladi: Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza). Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogik - psixologik fanlari bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan o’qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy Urta Osiyoda, O’zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o’qiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga xech shak-shubxa yo’q»). Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika institutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo’limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog- mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi. Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e'tibor bilan o’qitilmoqda. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling