1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati


Download 92.5 Kb.
bet9/13
Sana19.12.2021
Hajmi92.5 Kb.
#181779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
QADIMGI-XITOY-DAVLATI-VA-HUQUQI


Majburiyatlar

Qadimgi Xitoyda majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turi keng tarqalgan. Huquqiy manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o`tilgan. Dastlabki shartnomalardan biri ayirboshlash bo`lib, u asta-sekin o`z o`rnini oldi-sotdi shartnomasiga bo`shatib borgan. Yerni olish-sotish bilan bog`liq shartnomalar keng tarqalgan. Manbalarning xabar berishicha, milodning I asrida ayollar va davlat qullari ham yerlarni olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin bo`lgan. Hadya shartnomasi ham juda ko`p uchraydigan shartnomalardan edi. Yerlarni, qullarni, aravalarni, qurol-yarog` va boshqa mulklarni hadya qilish tez-tez bo`lib turadigan hodisa edi. Chjango davrida qarz shartnomasi bo`lganligi ma’lum, sudxo`rlik rivojlangan. Qarz shartnomasi qarzdorlik tilxati bilan rasmiylashtirilgan. To`lov muddatini kechiktirish, garovga qo`yish, yozma majburiyatlar berish hollari ham ma’lum. Qarz shartnomasining rivojlanishi qarzdorlik qulchiligining paydo bo`lishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi V-III asrlarda yerni ijaraga berish shartnomasi ayniqsa tez-tez tug`ilib turgan. Bundan keyingi vaqtlarda shuningdek shaxsiy ijara shartnomasi keng tarqalgan edi. Ularning shartlari asosan odat huquqi bilan tartibga solingan.





Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling