4. Sin davlati
(miloddan avvalgi 221-207 yillar)
Sin podsholigi Sharqiy Chjouning g`arbiy qismida - Xuanxe irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida joylashgan edi. Miloddan avvalgi IV asr o`rtalarida Sin podsholigi birmuncha kuchayadi. Podsho Sao-gun (361-338 yillar) davrida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha islohotlar o`tkazilgan. Islohotga ko`ra, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish, uni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Qo`shin qayta tuzilib, qurollantirilgan, harbiy xizmatlar uchun 18 darajali zodagonlik tashkil etilgan.
Podsho In Chjen davrida (241-210 yillar) Sharqiy Xitoy yerlari birlashtirilgan. In Chjen - Sinning birinchi podshosi (Sin Shi Xuandi) degan nom olgan. Davlat boshlig`i imperator (xuandi) bo`lgan; u juda katta vakolatlarni qo`lga kiritib olgan. Qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati unga tegishli edi. Imperiya juda keng tarmoqli davlat apparati tomonidan idora etilgan. Davlat apparatida o`n minglab chinovniklar xizmat qilgan. Boshqaruv apparati tepasida o`ng va so`l chensyanlar (ministrlar) turgan. Chensyanlarning o`rinbosarlari kotiblar bo`lgan. Saroy qo`riqlash xizmatining boshlig`i, imperator avlodlarining marosimlarini o`tkazishni yurituvchi chinovnik, tashqi munosabatlarni yurituvchi chinovniklar davlatda oliy chinovniklar hisoblangan. Davlat apparati faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol o`ynagan.
Butun imperiya hududi o`ttiz oltita viloyatga bo`lingan. Viloyatlar o`z navbatida uyezdlarga, uyezdlar - volostlarga, volostlar esa - tin (eng quyidagi ma’muriy birlik)larga bo`lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |