3. Chjou davlati
(miloddan avvalgi XI-III asrlar)
Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); "urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga bo`linadi.
G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib, uning poytaxti Xao shahri bo`lgan.
Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan.
Jamiyatda quldorlar aristokratiyasi hukmron mavqega ega bo`lgan. Umuman dehqonlar (nunfu) arang kun kechirgan. Ularning ko`pchiligi yersiz ijarachilarga aylangan.
Jamiyatning eng quyi qismini qullar tashkil etgan. Ularning soni harbiy asirlar, tinch aholini bosib olish, davlat jinoyatchilari hisobiga ko`paygan. Ayniqsa xususiy qullarning soni ortgan. Qul mehnatidan xo`jalikning turli sohalarida va og`ir, iflos ishlarda keng foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |