3-mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik docx


Download 158.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.11.2023
Hajmi158.91 Kb.
#1782676
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.docx



3-MAVZU: IQTISODIY
TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK
Reja:
3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning
sabablari.
3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining
o`lchanishi.
3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken
qonuni.
3.4. O`zbekiston Respublikasida yangi ish o`rinlar
yaratish va aholining ish bilan bandligini
ta‘minlash 
siyosatining 
xususiyatlari 
va
yo`nalishlari.
3.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning
sabablari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini
o`rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis
rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar
uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko`rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya
darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr
(sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar
boshqalaridan o`tish davrining davomiyligi va
faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan
ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi
(3.1-rasm).
3.1-rasm. Iqtisodiyotning davriy
rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar to`rtta bosqichni o`z ichiga
oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng
yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo`lib, u
«cho`qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan
to`liq bandlik, ishlab chiqarish to`la quvvatda
ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho
darajasining o`sish holati kuzatiladi.
Keyingi 
bosqich 
pasayish 
(retsessiya)
bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik
darajalari kamayadi, ammo bahoning o`sish darajasi
pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina
bahoning o`sish darajasi sustlashishi mumkin.

Download 158.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling