3-mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik docx


Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A


Download 158.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.11.2023
Hajmi158.91 Kb.
#1782676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.docx

3.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A.
Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan to`liq foydalanish
yoki 
ishsizlikning 
tabiiy 
darajasi 
holatida
iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo`lgan mahsulot
hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali
deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish
potensiali potensial YaIM ko`rsatkichi bilan
o`lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy
pasayish davrida mamlakat o`z iqtisodiy potensialini
to`liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM
hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda
qoladi. Ya‘ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro`y beradi.
Yh – Yp
YuZ= ----------------- 100
Yp
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab
chiqarish resurslaridan to`liq foydalanilgan
sharoitda mumkin bo`lgan ishlab chiqarish hajmi
tushuniladi.
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda
ishsizlik mutlaqo yo`q deb emas, balki mavjud, biroq
u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik 
darajasining 
oshishi 
natijasida
iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu
sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy
darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy
jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy
darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori
bo`lsa, YaIM uzilishi shuncha ko`p bo`ladi. Shuning
uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM
dan katta bo`ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o`rtasidagi
miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken
matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu
qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning
mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga
oshib ketsa, ya‘ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil
etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam
yaratadi.
YaIMning pastroq darajasi o`z navbatida, ishlab
chiqarishda 
qatnashuvchilar 
daromadlarining
nisbatan kamroq bo`lishini va iqtisodiyotning
kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari
qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi
mahsulot yo`qotishlari hajmini aniqlash imkonini
beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu
koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig`ida deb
hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash
mumkin:

Download 158.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling