1. Ergonomika asoslari va uni inson mehnat faoliyatida ishtroki
Download 51.19 Kb.
|
Faoliyat xafsizligini taminlashning ergonomik ko\'rsatkichlarini tahlil qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo’l yetadigan bo’lishi lozim. Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko’pi bilan 120 sm balandlikda bo’lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o’lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo'Igan bo'shliq ko'zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.Qo'l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo'llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko'ndalang o'qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo'lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo'lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo'lishi kerak. Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak.Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak. Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda keng to'plangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo'lishi mumkin.Faoliyat xavfsizligi psixologiyasiMehnat xavfsizligi psixologiyasi - psixologik ilmning bir sohasidir. Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga ,mehnatga o'qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o'rganadi.Shuning uchun mehnat psixologiyasining o'rganish obyekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman uning kasbiy qobiliyatlari va mehnat faoliyati amalga munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o'qitishning usullari hisoblanadi. Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi - mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo'lishiga, uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktivbolishigayordam berishdir. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligir ta'minlash bo'yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi. Download 51.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling