1. Estetika fanining obekti va falsafiy mohiyati. Estetikaning kategoriyalari
Nafosat falsafasi va dinshunoslik
Download 100.82 Kb.
|
1. Estetika fanining obekti va falsafiy mohiyati. Estetikaning k-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafosat falsafasi va pedagogika.
- Nafosat falsafasi fanining ahamiyati va vazifalari
Nafosat falsafasi va dinshunoslik. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. CHunki din va san’at doimo bir-birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik uchun -tasviriy san’at, musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. SHuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalari bo‘lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum.
Nafosat falsafasi va pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o‘quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo‘yicha olib borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o‘rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug‘ilganidan boshlab to o‘lgunigacha bosib o‘tadigan bosqichlar uchun umumiy bo‘lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko‘radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo‘lsa, nafosat falsafasi uning strategiyasidir. Nafosat falsafasi fanining ahamiyati va vazifalari Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, nafosat falsafasi jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar – tanqidchilar, san’atshunoslar va adabiyotshunoslar ham nafosat falsafasini bilishlari zarur. Deylik, «sof teatr»ni – faqat sahna san’atinigina yaxshi bilgan san’atshunos, u qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e’tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. CHunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozitsiya qonun-qoidalaridan, bir so‘z bilan aytganda, nafosatshunoslik qonuniyatlaridan etarli xabardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, sayoz jumlalar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi. Nafosat falsafasining san’atni xalq orasida yoyadigan, targ‘ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati, ayniqsa, muhim. Bordiyu ma’naviyat va mafkura sohalaridagi matasaddi rahbarlar estetikadan bexabar bo‘lsalar, «Xudo urdi» deyavering. O‘sha viloyat, tuman, shahar yoki tashkilotlarda yuzaki qaraganda kulgili, latifanamo, aslida esa san’at uchun fojeali holatlar yuzaga keladi. Umuman olganda, nafosat falsafasi hamma uchun ham zarur. CHunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «o‘ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo‘lsangiz, Go‘ri Mir maqbarasinig gumbaziga, Registondagi madrasalar yonida qad ko‘targan minoralarga, peshtoqlardagi ko‘hna arabiy yozuvlarga qiziqib qaraysiz, chiroyli ekan deb mamnuniyat hosil qilasiz. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo‘lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go‘zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli o‘laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go‘zal yozuvlar - oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero estetika orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. SHu sababli, fermerga yoki temir yo‘l ishchisiga, yoki tadbirkorga nafosatshunoslik haqida bosh qotirib o‘tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir. YUqorida ko‘rib o‘tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bugungi estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish – zamonning dolzarb talabi bo‘lib qarmoqda. SHu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qo‘yilgani bejiz emas3. Download 100.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling