1. Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari. Reja


Download 47.2 Kb.
bet3/5
Sana06.10.2023
Hajmi47.2 Kb.
#1693957
1   2   3   4   5
Bog'liq
Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari.

Vijdon va vijdoniylik deb insonning o`z xulqini muayyan jamiyat axloq qoidalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o`z hatti - harakatlarini hamda bu hatti - harakatlarga bog’liq bo`lgan his - tuyg’u va kechinmalarni o`zida tahlil etishiga aytiladi. Vijdon va vijdoniylik insoniyat uchun g’oyat zaruriy, qimmatli axloqiy fazilatdir, uning o`z mezoni va bahosi bor. Vijdon quvonish, yengil tortish, iztirobdan qutulish, xijolatdan forig’ va yuzi yorug’ bo`lish kabi ijobiy his - tuyg’ular, shuningdek, tavba, uzr so`rash, iztirob chekish, pushaymon va xijolat bo`lish, uyalish kabi salbiy kechinma, his-tuyg’ularda, hatti-harakatlarda namoyon bo`ladi. Vijdon inson hatti -harakatlarining eng haqqoniy, juda xolis, g’oyat pok hakamidir.
Etikaning muhim tushunchalaridan yana biri qadr - qimmat bo`lib, uni gohida izzat-nafs, or-nomus ham deb yuritadilar.
Qadr - qimmat yoki or - nomus deb insonning jamiyatdagi o`z qimmatini, izzat-nafsi, sha’ni, sharafi,shon- shuhratini anglashini, ajdodlar, oila va millat sha’niga dog’ tushurmaslikni va ularning jamiyat tomonidan tan olinishi hamda e’tirof etilishiga aytiladi. U shaxsiy, ijtimoiy, milliy, kasbkor sharafi, yigitlik sha’ni, qizlik nomusi, izzat, hurmat, ishonch, rag’bat, maqtov, taqdirlov, nishonlash, xotirlash, nomini abadiylashtirish va hokazo kabi axloqiy fazilatlarda namoyon bo`ladi hamda insonning, xalqning hayotida hamda faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Etikaning g’oyat muhim tushunchalaridan yana biri hayotning ma’nosi va mazmuni, baxt-saodatdir.
Hayotning ma’nosi deb ongli insonning yashashdan ko`zlagan maqsadi, uning umri, hayot faoliyatining umumiy yo`nalishini anglatuvchi jarayonlarga aytiladi. Hayotning ma’nosi insonning o`z oldiga qo`ygan maqsadi, hayotda ko`zlagan manfaati va belgilagan vazifalarida namoyon bo'ladi. Inson hayotining ma’nosi — bu uning hayotining butun bosh yo`lidirki, kishining konkret maqsadlari ana shunga bog’liq bo`ladi, Inson faqat yeb - ichish, zurriyot qoldirish uchun tirik emas, mehnat qilish, jamiyatda yashash, o`zidan boshqa kishilar bilan ijtimoiy munosabatda bo`lish jarayonida u inson sifatida shakllanadi, o`sib - unadi, talant va iste’dodlarini namoyon qiladi.
Rus shoiri A. Blok: “Inson hayotining ma’nosi tinib - tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo`ladi”, — degan edi.
Inson hayotining oliy maqsadi baxt - saodatga erishishdir. Xo`sh, baxt nima? Oddiy so`z bilan aytganda, baxt bu, insonning orzu - istaklari, maqsadlariga etishib yashashidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, baxt, baxtlilik - har bir kishining moddiy va mana’naviy ehtiyojlarining qondirilganligi, o`z maqsadlari, orzu - istaklarining ro`yobga chiqqanligi, hayotdan, o`z hatti - harakatlaridan ma’naviy qoniqish oqibatida hosil bo`ladigan oliy ne’mat. Baxt tushunchasi xilma - xildir. Vatan baxti, shaxs baxti, mehnat baxti, yor baxti, oila baxti, farzand baxti, qarilik baxti va boshqalar. Lekin bularning hammasi, inson baxti, uning farovon, to`q, sog’lom oila va farzandli bo`lib, uzoq umr ko`rishi kabilarda ko`rinadi. Qadimda bir donishmanddan "Odamni nima baxtli qiladi, boylikmi yoki shon-shuhratmi?" — deb so`rabdilar. "Boylik ham, shon - shuhrat ham odamni baxtli qila olmaydi. Tan-joni sog’ gado har qanday boy odamdan baxtliroqdir" — deb javob beribdi donishmand. Insonning baxtli bo`lishida sihat - salomatlik bilan birga yoshlikdan yaxshi, a’lo o`qish, kasb - hunar egallash, ijtimoiy foydali mehnat qilish, oilali, uyli-joyli, farzandli bo`lishga, jam oa va jamiyatda obro`ga ega bo`lish va hokazo shartlarning ahamiyati katta.



Download 47.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling